Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
47
va temirdan, qalay va qo’rg’oshindan qurol-aslahalar yasashgan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” nomli asarida aytilishicha, Hindistonda eramizning birinchi asrlaridayoq, tib, riyozat, ilmi nujum, din, kimyo, musiqa, poeziya, tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivojlangan. Ayniqsa noyob tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va tabobat olamiga boy bo’lgan qadimiy Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot o’tmish davrlaridan boshlab vujudga kelgan va rivojlangan. “Ramayana”, “Mahobhorat”, “Kalila va Dimna” kabi mashhur asarlar shular jumlasidandir. Yuksak nafosat va mangu hikmat xazinasi bo’lgan ana shu asarlarda hind xalqining urf-odatlari va an’analari, odob-axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari o’zining yorqin ifodasini topgan. Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql- idrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik, va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shak- shubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir. Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklaridagi dastlabki falsafasini o’rganishda qadimgi hindlarning “Veda” deb ataladigan diniy to’plamlari va ikkita katta epik dostoni — “Ramayana” va “Mahobhorat” hamda Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari muhim ahamiyatga egadir. Hindistonning “Veda” deb ataladigan muqaddas kitobining “ma’nosi bilmagan narsani bilishdir. Hindlar “Veda” kitobini, oliy tangrining Barohim og’zidan aytilgan so’zi, deydilar” 1 . “Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling