Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
55
“Avesto”da odamlarni iymonli bo’lishga, doimo pok, toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so’zlardan tiyilishga, yomon amallardan voz kechishga, nojo’ya ishlardan yuz o’girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar, diniy o’gitlar, falsafiy g’oyalar nihoyatda ko’p. “Avesto”da qayd etilgan eng muhim falsafiy fikrlardan biri — insonlarni mehnat qilishga, o’z qo’llari bilan moddiy boyliklar yaratib to’q, farovon hayot kechirishga da’vat etilganligidadir. Zardushtiylikda chorvaning ko’payishiga, yaylovlarning gullab-yashnashiga yordam bergan taqdirda, tinmay mehnat qilgandagina xudoning inoyatiga noil bo’ladi, deyiladi. Zardusht xudo Axuramazdadan yer yuzidagi eng yaxshi joy qaerda, deb so’raganda u, inson qaerdaki o’ziga uy tiklab, oilasi (xotini va farzandlari)ga, podalariga o’rin ajratib bersa, yem-xashagi ko’p bo’lib, chorvasi va itlari to’q yashasa, uyda noz-ne’matlar muhayyo bo’lib, xotini va farzandlari faravon yashasa, uyda e’tiqodi sobit, olovi alangali, boshqa narsalari ham mo’l-ko’l bo’lsa, o’sha manzil, o’sha go’sha ulug’dir, muhtaramdir, deb javob beradi. “Avesto” mehnat qilib, boylik yaratib, yangi joylarni obod qilib, qo’riq va bo’z yerlarni haydab, sug’orib o’zlashtirgan, sut, go’sht, yog’, don-dun yetishtirib jamiyat taraqqiyotiga yo’l ochib bergan, farovonlikni ta’minlagan dehqonlar, chorvadorlar, ovchilarni ulug’laydi. Unda, masalan, yerga mehr qo’yib mehnat qilish zarurligi haqida aytilgan. Kimda-kim, ham o’ng qo’li bilan, ham chap qo’li bilan yerga ishlov bersa, yerga foyda keltiradi. yer ham undan o’zining har xil noz-ne’matlarni, ziroatlarini, mo’l-ko’l hosilini ayamaydi, deyiladi kitobda. Kimki yerga vaqtida ham o’ng qo’li, ham chap qo’li bilan ishlov bermagan, mehnat qilmagan bo’lsa, unday kimsalarga zamin: “O sen, odam, menga topilmaydigan, mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan! Haqiqatan ham sening yoningdan xilma-xil ziroatlarni olib o’tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan: to’q va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul abad shunday bo’lajak!” - deb mehnatga da’vat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling