Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
54
qadar ajdodlarimiz turli xil diniy odatlarga e’tiqod qilib yashaganlar. Diniy e’tiqodlarning turli-tumanligi ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimgi quldorchilik jamiyati paydo bo’la boshlagan paytda barcha qabilalarning yagona mafkura asosida uyushishlariga allaqachonoq sharoit yetilgan edi. O’lkaning turli qabilalarini birlashtirish, ularni ilk buyuk davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug’ilib qolgan edi. Ana shunday zaruriyatni tushunib yetgan ilg’or kishilardan biri sifatida Zardusht tarix sahnasida paydo bo’ldi. Zardusht ko’p xudolik tasavvurlari, tabiat hodisalariga sig’inishga qarshi chiqib, yakka xudolik g’oyasini targ’ib qildi. Zardushtiylik dinining qonun- qoidalari “Avesto”da bayon etilgan. “Avesto” kitobi eramizdan bir necha asrlar ilgari yuzaga kelgan. Manbalarning ko’rsatishicha, “Avesto” o’n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan ekan. Abu Rayxon Beruniyning “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar” asarida bu haqida shunday deyilgan: “Doro ibn Doro xazinasida o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni hamda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun “Avesto”ning beshdan uch qismi yo’q bo’lib ketdi. “Avesto” o’ttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi». “Avesto”da o’tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq, afsona va rivoyatlar, O’rta Osiyo, Eron va Ozorbayjonning tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o’z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o’lkasining iqlimi, suvi, hayvonot dunyosi, yer tuzilishi, sahrolari, tog’lari haqidagi qimmatli ma’lumotlar berilgan. G’arazguylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod “Avesto”da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, ahdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o’zaro izzat-ikrom kabi odamlar o’rtasidagi ustuvor bo’ladigan axloqiy qoidalar ulug’lanadi. “Avesto” dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling