Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
62
ahamiyatga ega. U olamni inson sezgisi va bilimining manbai deb biladi. Uning aytishicha, olamdagi narsa va hodisalar mohiyatini bilish nihoyatda murakkab, ziddiyatli jarayondir. Lekin inson bu masalada ham bitmas-tuganmas imkoniyatlarga egadir. Inson o’zining tirishqoqligi, mehnati va amaliy faoliyati, Olloh ato etgan aql-idrok, qobiliyat va iste’dodi bilan, dunyoni asta-sekin bila boradi, deydi Xorazmiy. Xorazmiy hissiy va aqliy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini, mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida ta’kidlaydi. Uning aytishicha, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e’tibor berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqli va amaliyotining ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi. Muso al-Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan, jamiyat va uning istiqboli haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini, shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon etilgan fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aql-idroki, imon-e’tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir. Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmas- tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy boylikdir. Jahon ilm ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200 yilligini zo’r tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan cheksiz hurmat va ehtiromdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling