Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

65
 
u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibi sifatida qaraydi. Uningcha, inson 
taraqqiyot mahsuli bo’lib, u hayvonot olamidan farq qiladi, inson — bilish 
sub’ekti, tabiat esa uning ob’ekti deb biladi. Tabiatning odamdan tashqarida, 
unga bog’liq bo’lmagan holda mavjudligiga Forobiy shubha qilmaydi. Ob’ekt 
sub’ektga qadar mavjud bo’ladi. Seziluvchi narsa sezgilarga qadar mavjud 
bo’lgani kabi bilinuvchi narsa bilishga qadar mavjuddir, deydi. «Ilm va 
san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilishning 
bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga qarab borishini 
ta’kidlaydi. 
Forobiy bilishda ikki bosqichni — hissiy va aqliy bilishni farqlaydi: hissiy 
bilishga borliqning tashqi xossalari haqida bilim berish manbai deb qaraydi. Shu 
bilan birga, u aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kela olmasligini uqtiradi. 
Forobiy tomonidan ta’kidlanganidek, moddiy olam inson, uning sezgisi, 
aqldan oldin mavjud bo’lgan. Seziluvchi narsa, Forobiy fikricha, sezgilarga qadar 
mavjud bo’lganidek, bilinuvchi narsa ham unga oid bo’lgan bilimga qadar 
mavjuddir. Inson o’zini qurshab turgan moddiy olamni, materiyani sezgi 
a’zolari, aql-idroki orqali bila boradi. Inson va uning aqli moddiy olam 
rivojlanishining oliy mahsulidir. 
Forobiy asarlarida, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, 
yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta’minlaydi, bu 
quvvatlardan birortasi ham materiyadan ajralgan holda yashay olmaydi, degan 
g’oya
ilgari surilgan. 
Forobiy e’tiqodicha, narsalar bizdan, xislatlarimizdan tashqarida turib 
bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etadi, ta’sir etadigan narsalar esa son-
sonoqsizdir. Inson o’zining aqlini, xayolini ishga soladi va shular vositasida 
bilmagan narsasini bilib oladi, ularga asoslanib bilish manbai bo’lgan olam va 
uning mohiyati haqida chuqurroq, atrofliroq bilim va ma’lumotga ega bo’ladi. 
Forobiy bilishda inson aqlining roliga katta baho bergan. Inson aql va 
tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy hodisa va jarayonlar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling