Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
68
bo’lgan narsalardan oldin mavjud bo’lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muhtojdir deb ko’rsatadi. Ibn Sino jismlar to’rt unsurdan tashkil topgan, deydi. Bu to’rt unsur — havo, suv, olov, tuproq — o’zaro bog’liq, bir-biriga ta’sir etadi. Shundan u yoki bu narsa paydo bo’ladi yoki yo’qoladi. Lekin ularning asosi — to’rt unsur o’zgarmaydi, yo’qolib ketmaydi. Ibn Sino to’rt unsurdan ikkitasi yengil va ikkitasi og’ir, deydi. yengillari olov va havodan iborat bo’lsa, og’ir-suv va yer — tuproqdir. yer oddiy jism bo’lib, uning tabiiy o’rni hamma jismlarning o’rtasidir. yerning tabiati sovuq va quruqdir. Suv oddiy bir jism bo’lib, tabiiy o’rni bilan, yer va havo o’z tabiiy o’rinlarida, bo’lganlarida yerni o’raydi va havoga o’ralib turadi. Suv sovuq va ho’ldir. Suv tashqi ta’sirlar tufayli zarralanib tarqalishi, birikishi, turli shakllarga kira olishi mumkin. Oddiy bir jism bo’lgan havo, - olimning ta’kidlashicha, - tabiatiga ko’ra, issiq va ho’ldir. Uning o’rni suvning usti, olovning tagidir. Ibn Sino hamma narsaning mohiyatini materiya tashkil etadi, materiya turli- tuman shakllarda namoyon bo’ladi, degan falsafiy qarashni rivojlantiradi. Jism materiyasiz bo’lmaganidek, materiya ham shaklsiz bo’lmaydi. Demak, jism va uning shakli bir-biridan ajralmas bo’lganidek, materiya va shakl ham o’zaro ajralmasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. «Har bir narsani bilish, - deydi alloma, - u narsalarning sabablari bo’lsa, shu sabablarni bilish orqali hosil bo’ladi va tugallanadi. Shuning uchun tibbiyotda sog’liq va kasallikning sabablarini bilish kerak bo’ladi. Sog’liq, kasallik va ularning sabablari goho ochiq, goho maxfiy bo’lib, unga his bilan emas, balki belgilarga asoslanib fikr yuritish bilan yetishiladi” 1 . Ibn Sino inson bilimlari olamni bilish asosida paydo bo’ladi va rivojlanadi, deydi. Shu bilan birga u hissiy bilish inson bilimi rivojlanishining dastlabki bosqichi bo’lib unda narsalarning sirtqi, tashqi tomonlari aniqlanishini ta’kidlagandi. Narsalarning ichki tomonlarini, mohiyatini bilib olishda inson aqli 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling