Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
70
hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi. Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning, paydo bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va falsafiy mulohazalarni maydonga tashlaydi. Tabiiy jarayonlarda bo’ladigan imkoniyat va voqelik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va o’zgaruvchanlik masalalariga katta e’tibor beradi. Odamlarning rang, surat, fe’l- atvori va axloqda turlicha bo’lishlarining asosiy sababi, olimning ta’kidlashicha, faqat nasl-nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — tuproq, suv, havo va joylarning turlichaligida hamdir. Borliqning abadiyligi, uni doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham Beruniy o’z fikrini mukammal bayon etadi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, “Olam azaliy... falak cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — deydi. Allomaning fikricha, yer, tabiat azaldan hozirgi holatida bo’lgan emas, bundan keyin ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq, yillar mobaynida, tadrijiy o’zgarishlar tufayli yerimizning tashki qiyofasi, hayvonot dunyosi, nabototi, ob- havosi, iqlimi bir necha bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’llari, oldingidan boshqacha bo’lib qoldi, quruqlikda bir vaqtlar bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil bo’ldi, ba’zilari esa yo’q bo’lib ketdi, tog’lar yemirildi. Ana shu tabiiy sabablar tufayli o’sha joylardagi sharoitlar o’zgarib ketdi. Beruniy yerdagi iqlimning, mavsumlarning o’zgarib turishi Quyoshning harakatiga bog’liq ekanligiga ham e’tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida Beruniy yerning aylanmasligi haqidagi eskicha tasavvurlarga shubha qilib, yer aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik hodisalarga muvofiqdir, deydi. Mutafakkirning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida nur va zamon, nurning tezligi, nur harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va qorong’ulik, Oy nuri va Quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan. Beruniy materiya doimo o’zgarib, harakat qilib, yangilanib, turli shaklga kirib turishi, moddiy narsalar va ularning harakati abadiy ekanligini alohida qayd |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling