Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

71
 
qiladi. Uning fikricha, olamda narsalar va hodisalar doimo rivojlanib va o’zgarib 
turadi. 
Beruniy koinotda yerdan, bizning sayyoramizdan tashqari yana boshqa 
dunyolar mavjudligi to’g’risidagi hamda harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi 
ilmiy farazlarini ham ilgari suradi. Uningcha, tabiatda ma’lum qonuniyat bor, 
tabiat hodisalarni o’sha qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izohlash
tushunish kerak. 
Buyuk mutafakkirning dunyoni bilish mumkinligini, uning o’ziga xos 
xususiyatlari, tabiatni bilishning tajriba usullari haqidagi falsafiy ta’limoti ham 
juda katta ilmiy-amaliy ahamiyatiga ega. 
Beruniy ta’limotiga ko’ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilaridan boshlanib 
tafakkurga ko’tariladi
;
ma’lum narsalardan noma’lum narsalar va hodisalarni 
bilishga tomon rivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy bilish — sezgi, idrok, 
xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida 
tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. 
Bilish jarayonida kuzatish, taqqoslash muhim ahamiyat kasb etishini, bu 
masalada inson xotirasining ahamiyati kattaligini Beruniy bir necha bor qayd 
etgan. Uning ta’kidlashicha, xotirasi yaxshi odam hamma narsalarni yaxshiroq, 
tezroq va oson eslab qoladi. 
Beruniy tarixiy hodisa va jarayonlarni bilishda inson yolg’on-yashiqlarga, 
noto’g’ri ma’lumotlarga, yuzaki xabarlarga asoslanmasligi, masalalarni har 
taraflama, mukammal qilish, o’rganish zarurligini aytib o’tgan. «Hindiston» nomli 
asarining muqaddimasida bu haqida quyidagilarni ta’kidlagan: «Xabar ko’z 
bilan ko’rgandek bo’lmaydi, degan kishining so’zi juda to’g’ridir. Chunki 
ko’rish ko’ringan narsaning o’zi bor paytda va o’z joyida turganida qarovchi 
ko’zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg’on-yashiriqlar qo’shilmaganda, 
u ko’rishga nisbatan ortiqroq o’rinda turgan bo’lar edi. Chunki ko’rish va qarash 
vaqti narsa bor vaqtning bir bo’lagi bilan cheklanadi... Yozish xabar turlarining 
biri bo’lib, uni boshqa turlardan ko’ra sharafliroq sanash mumkin, qalamning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling