Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
73
Temurning suyukli nabirasi, Shoxruh Mirzoning o’g’li — Muhammad Tarag’ay — Mirzo Ulug’bekdir (1394-1449 yy.). Hazrat Alisher Navoiy ta’birlari bilan aytadigan bo’lsak, Amir Temur naslidan chiqqan Ulug’bekdek sultonni olam hali ko’rgan emas. Jahonda Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda tug’ildi. Bobosi Amir Temurning katta xotini Saroymulk-Bibixonim tarbiyasini olib ulug’aydi. Amir Temur unga alohida e’tibor bilan qaragan. Saroyda bo’ladigan maslahatlar, olimlar bilan bo’ladigan uchrashuvlar va suhbatlarda, chet ellardan kelganlarni qabul qilish, shuningdek, harbiy mashq va yurishlarda Ulug’bek ishtirok etgan. Amir Temur o’z nabirasi Ulug’bekni qilichboz sarkarda emas, balki buyuk olim bo’lib yetishishini orzu qilgan va shu yo’lda unga rahnamolik qilgan. Mirzo Ulug’bek yoshlik paytlaridanoq qaerda bo’lmasin, olimlar, shoirlar, san’atkorlar, diniy ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida bo’lgan, ilmiy bahslardan ma’naviy baxra olgan, ilxomlangan, ulardan ko’p narsa o’rgangan, asta-sekin ko’zi pishib, aqli teranlashib, fikran boyib, dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib borgan. O’ta murakkab, alg’ov-dalg’ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va shakllangan Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan ham shug’ullandi, olimlarga rahnamolik qildi, o’z ustida tinimsiz ishlab, o’tmish ilmiy bilim xazinalarini tinmay o’rgandi, mutolaa qildi, ilmiy-falsafiy tafakkurini muttasil kengaytirdi va chuqurlashtirdi. Ulug’bek Axmad Farg’oniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari allomalarning falsafa, mantiq, tarix, matematika, astronomiya, tabiatshunoslik va fiqhga oid asarlarini katta qiziqish bilan o’rgandi. Yunon olimlaridan Aflotun, Arastu, Ptolomeyning klassik asarlari bilan tanishdi. Ilm-fan va madaniyatining, tarix va falsafaning Ulug’bek e’tiboridan chetda qoldirgan biron-bir sohasi qolmadi. O’tmish ajdodlardan, xususan, O’rta Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan madaniy meros, umuminsoniy mazmundagi ma’naviy qadriyatlar Ulug’bek ilmiy- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling