Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

76
 
aniqlanib, ularning astronomik jadvallari tuzilgan. Ulug’bekning astronomik 
jadvali va uning rahbarligida bino qilingan rasadxona o’sha davr astronomiya fani 
yutuqlarining cho’qqisi bo’lib, fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. 
Qomusiy bilim egasi bo’lgan Mirzo Ulug’bek riyozat, falakiyot
musiqashunoslik, fiqh, tarix ilmlari sohasida ijod qilgan. Mirzo Ulug’bek hazratlari 
«Bir darajaning sinusini, aniqlash haqida risola», «Risoladar ilmi musiqa», 
«Risolai Ulug’bek» nomli asaridan tashqari «Tarixi arba’ ulus» degan yirik 
tarixiy kitobning ham muallifidir. Ulug’bek nomini butun dunyoga yoygan, unga 
shon-shuhrat keltirgan bebaho asar «Ziji jadidi Ko’ragoniy»dir. Bu asar 
Ulug’bekning yigirma yil davomida olib borilgan astronomik kuzatishlarining 
natijasi bo’lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulug’bek 
o’limidan keyin ikki yuz yil davomida bu jadval o’zining aniqligi va ilmiyligi 
bilan tengi yo’q hisoblanib kelingan. Bu haqda so’z yuritar ekanmiz, beixtiyor 
1996 yili Parijda YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor 
janoblari Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar
harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib 
ko’rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlanganligini aytdi
1

Mirzo 
Ulug’bek hayoti, amaliy faoliyati ilm-fan taraqqiyotiga 
bag’ishlangan edi. U ilm yordamida kelajakni oldindan ko’rdi. Ulug’bekning 
astronomiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari va ilmiy ta’limotlari 
insoniyatning keyingi ilmiy tafakkuri rivojiga favqulodda muhim zamin 
tayyorlab berdi. 
«Mirzo Ulug’bekning, - degan edi I.A.Karimov, - umumbashariy 
qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda ham hayotimizda 
ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida 
katta xizmat qilmoqda»
2

Jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirlar orasida 

1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008. -46-47-betlar. 


2
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T.:“O’zbekiston”, 1994. -98-bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling