Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

77
 
fahrli o’rin sohibi Alisher Navoiy (1441-1501 yy.)dir. 
Turkiy zabon shoir, olim va mutafakkir Alisher Navoiyning ilmiy 
dunyoqarashi, falsafiy ta’limoti u yashagan va ijod etgan ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy-ma’naviy muhit va sharoitlar ta’sirida shakllanadi va 
rivojlanadi. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,- deb yozadi I.Karimov, - u 
avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir 
desak, shoirlarning sultonidir”
1

Navoiy butun olam, borliq, koinot xudo tomonidan yaratilganini e’tirof 
etadi. Butun dunyo, shu jumladan, tabiat va jamiyat ham, allomaning fikricha, 
Ollohning namoyon bo’lishi, zuxr etilishidir. Uning bu fikri tasavvuf falsafasidagi, 
xudo butun mavjudotning, borliqning yaratuvchisi, qolgan hamma narsa, jumladan 
inson ham uning zarralaridir, degan qoidaga to’la asoslangandir. Tasavvuf falsafasi 
qoidasiga ko’ra, inson xudo tomonidan yaratilgan bo’lib, boshqa ma’lumotlardan 
farqli o’laroq ilohiy aqlga egadir. 
Olamning yaratilishidan bosh maqsad, olimning ta’kidlashicha, insondir. 
Inson butun borliqning ko’rki va sharofatidir. Olam ko’rki bo’lgan inson vujudi 
tabiatdagi boshqa narsalardan o’tgan, suvdan, havodan, tuproqdan tashkil 
topgandir. Navoiyning ta’kidlashicha, insonda his, ruh, aql bordirki, uning bu - 
ruhiy hayoti o’sha to’rt unsurdan tarkib topgan jism a’zolari tomonidan harakatga 
keltirib turiladi. Jon va ruhni tana va jismdan ajratib bo’lmaydi, ular o’zaro bir 
bo’lganliklari uchun tirikdir. 
Alisher Navoiy insonga biologik hodisa sifatida emas, balki ijtimoiy 
mavjudot tariqasida qaraydi va baho beradi. Ijtimoiy mavjudot hisoblangan 
insonning xulq-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi, ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy 
muhitga bog’liq. Inson ijtimoiy muhit hosili sifatida shakllanib, kamolotga erisha 
boradi. 
Alisher Navoiy asarlari markazida turgan belgilovchi va yo’naltiruvchi 

1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008. -47-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling