Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

85
 
yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo 
haqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir. Ma’rifat — hamma 
narsaning, butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash va shu tariqa 
xudoga yetish demakdir. Ma’rifatda olam, yulduzlar, Oy, Quyosh, odamlar, 
hayvonlar, qushlar, kaptarlar, boshqa jamiki narsalar xudoning zuxurotidan 
iborat, odam Olloh quyoshning zarrasi deyiladi. Haqiqat — o’zini xudoning 
dargohiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan ko’shilib ketgan deb bilishdir. 
Tasavvufning oqimlari, asosiy yo’nalishlari nihoyatda ko’p va xilma-xil 
bo’lib, turli davrlarda dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarda uning har xil 
yo’nalishlari paydo bo’lgan va yoyilgan. Bizning yurtimiz — Turon zaminida va 
musulmon Sharqida tasavvufning bir necha buyuk tariqati — ta’limotlari paydo 
bo’ldi. Bular XII asrda Turkistonda maydonga kelgan yassaviya va suxravardiya, 
XII asr oxirida Xorazmda vujudga kelgan kubroviya, XVI asrda Buxoroda yuzaga 
kelgan naqshbandiya va boshqa tariqatlardir. 
Xoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 yy.) tasavvuf falsafasining yirik 
namoyondalaridan hisoblanadi
1
. Yassaviya tariqatining birinchi va asosiy fazilati 
— uning xalqchilligidir. Unda ham Olloh, ham inson madh etiladi. Yassaviy 
o’zining «Hikmat»larida insonni qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, zulmdan himoya 
etishga chaqiradi. 
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Ollohni tanishga, uning 
yaqini bo’lishga da’vat etish, insonni xudoning eng aziz bandasi sifatida 
e’zozlash, adolatsizlikni qoralash, bu dunyoning dog’larini insonga 
yuqtirmaslikdan iboratdir. 
Ahmad Yassaviy inson o’z azaliy pokligini saqlashi, gunoh orttirmasligi 
uchun nima ish qilishi kerak, degan savolga ham o’zicha javob beradi. Yassaviy 
inson o’zining azaliy pokligini saqlashi uchun bu dunyodan yuz o’girishi, umrini 
odamlardan uzoqda, yolg’izlikda, uzlatda toat-ibodat bilan o’tkazishi lozim, deb 
hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bo’lishining, o’ziga foniy bo’lishi uchun shariat, 

1
Qarang:Xoja Ahmad Yassaviy.-Chimkent, 1992. -11-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling