Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

93
 
o’zlariga g’oyaviy dushman bo’lgan yahudiy tilini o’rganishga amr etganliklarini 
eslatib o’tgan. 
Mahmudxo’ja Behbudiy milliy istiqlol yo’lida shahid ketgan buyuk 
siymodir. Uning muborak nomi, milliy istiqlolimiz yo’lida qilgan bebaho 
xizmatlari xalqlarimiz qalbida abadiy saqlanadi. 
XX asr o’zbek adabiyoti, san’ati, madaniyati, ijtimoiy-falsafiy fikr 
taraqqiyotining yirik olimi va nazariyotchisi, taniqli jamoat arbobi Abdurauf 
Fitratning (1886-1938 yy.) serqirra ijodi va ijtimoiy-siyosiy faoliyatida hozirgi 
zamon va kelajagimiz haqidagi g’oyalar bayon qilingan. Fitrat o’zbek xalqi ilm-
fani va madaniyati tarixida samarali iz qoldirgan siymolardan, istiqlolimizni 
oldindan ko’ra olgan fidoiylardan bo’lib hisoblanadi. 
Abdurauf Fitrat asarlarida chor Rossiyasi tomonidan Turkiston zo’rlab bosib 
olinib mustamlakaga aylantirilganligi, keskin qoralangan. U bu haqida o’zining 
«Yurt qayg’usi» she’riy to’plamida «Ko’rdim, yozdim, eshitdim, o’qidim. 
Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo’qdir»
1
, — deb 
yozgan edi. 
Xalqimiz o’zining donishmand farzandi, faylasuf olimi Abdurauf Fitratni 
mustaqillik poydevoriga tamal toshini qo’ygan, elim, yurtim deb yonib-kuyib 
yashagan fidoyi farzandi sifatida qalbida mangu saqlaydi. Mustaqillik tufayli 
uning mustabidlik zamonida ataylab o’chirilgan muborak nomi tiklandi, ilmiy-
falsafiy merosi xalqimiz bisotiga aylandi. Abdurauf Fitrat — Vatanimiz, 
millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab siymolardan biridir. 
O’z jonini, aqlu zakovatini, iste’dodini Vatanimiz erkinligi va 
mustaqilligi, xalqimizning baxt-saodati yo’lida fido qilgan ulug’ zotlardan biri — 
o’zbek xalqning asl farzandi Abdulhamid Cho’lpon (1897-1937 yy.)dir. 
Abdulhamid Cho’lpon yoshligidanoq arab, fors, tojik, turk tillarini mukammal 
egallaydi, Sharq falsafasi, Sharq adabiyoti va tarixini sevib qoladi, Forobiy, ibn 
Sino, Beruniy, Firdavsiy, Hofiz, Sa’diy, Umar Hayyom, Jaloliddin Rumiy, Bedil, 

1
Boltaboev H. Yurt qayg’usi. // Sharq yulduzi, 1992, 4-son. -182-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling