96
Sharq taqdirini o’z taqdiri deb bilgan Abdulhamid Cho’lpon bir kunmas,
bir kun Sharqning uyg’onishiga, milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi va
alangalanishiga, mustamlakachilik zanjirlarining tilkapora qilinishiga astoydil
ishonadi, bir umr ana shu orzu-umid bilan yashaydi.
Ming afsus bo’lsinkim, Abdulhamid Cho’lpon orzu-armonlari ro’yobga
chiqqan, O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan tarixiy kunlarni ko’rolmadi.
O’zbek adabiyoti, madaniyati va san’atining ulkan arboblari — Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botular
qatorida Abdulhamid Cho’lpon ham adolatsizlik qurboni bo’ldi.
Vatanimiz, millatimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida qurbon bo’lgan
xalqimiz aziz farzandlarining bebaho asarlari, nazmiy va nasriy meroslari,
ijtimoiy-falsafiy g’oyalari o’zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy
qadriyatlari va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat qilib avlodlar qalbida Vatanga
muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab kelmoqda.
Muborak nomlari faxr-iftixor ila eslatib o’tilgan fozilu fuzalolar faqat
o’zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adiblari, ozodlik
va istiqlol kuychilari hamdir. Mustaqillik tufayli ul mo’tabar insonlarning nomlari
tiklanib, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta
chop etilayapti.
Yuqorida
nomlari
eslatib
o’tilgan
ma’rifatparvar,
xalqparvar,
vatanparvarlarning asarlarida bayon etilgan falsafiy fikrlar xalqimizning madaniy-
ma’naviy qadriyatlari sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda.
2.6.Hozirgi davr O’zbekiston falsafasi
Insoniyat madaniyati tarkibiy qismi hisoblangan falsafa sho’ro davrida
o’zining fan xususiyatini asta-sekin yo’qotib siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar
yig’indisiga aylanib qolgan edi. Bu davrda falsafani fanga aniq, mavjud voqelikni
qay darajada haqqoniy, ilmiy va xolis aks ettirganligiga qarab emas, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |