Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
97
hokimiyat tepasida turgan kuchlar va «birinchi darajali oliy rahbarlarning maqsadlari», manfaatlariga muvofiqligiga qarab baho berilgan. O’tgan asrning 70 yili mobaynida marksizm qoidalari, aqidalari barcha ijtimoiy fanlarga, jumladan, falsafaga asosiy poydevor qilib olingandi. U belgilab bergan «ilmiy yo’ldan» chiqishga, boshqacha o’ylash va fikrlashga na biron-bir olim va ziyolining, na biron-bir faylasufning haqqi yo’q edi. Rasmiy tafakkurdan, ta’limotdan chetga chiqish, ularga zid yo’ldan borib, erkin fikr yuritmoqchi bo’lgan olim va ziyolilarni partiyaviy jazolash, partiyaviylik, g’oyaviylikdan chekinishda, sinfiy xususiyatlarni yo’qotishda va boshqa kamchiliklarda ayblash odatga aylanib qolgan edi. Bunday vaziyat, albatta, ijtimoiy fanlarning, birinchi navbatda falsafa fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va ijodiy fikrlashga imkoniyat bermadi. O’rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy ta’limotlari kommunistik mafkura tomonidan kamsitilib, g’ayri-ilmiy deb baholandi, Sharq falsafasiga yetarli e’tibor berilmadi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, Islom dini bilan bog’liq bo’lgan mukammal falsafiy asarlar va ta’limotlar o’qib-o’rganilmay yaroqsiz bir meros sifatida qoralandi. Shu sababli O’rta Osiyo xalqlarining falsafiy merosini chuqur o’rganish imkoniyatlari ham deyarli yo’qqa chiqarildi. Bahouddin Naqshband, imom Ismoil Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Iso Termiziy, Xoja Ahror va shunga o’xshash allomalar keskin tanqid qilindi. O’sha zamonlarda Navoiy, Bobur, Mashrabdan va qator shoiru adiblardan zo’r berib dahriylik, ateistik g’oyalar izlana boshlandi. Agar «topilgudek» bo’lsa, uni yolg’on-yashiriqlarga o’rab bo’rttirib va ko’paytirib xalqqa yetkazildi. Qaysi bir shoiru adibdan dahriylikni topishmasa, ularni tarkidunyochi, ezuvchi sinf himoyachisi, deb haqoratlandi. Eng achinarlisi shundan iborat bo’ldiki, Qur’oni Karim va hadisi sharif, So’fi Ollayor, Sulaymon Boqirg’oniy, Huvaydo, Yusuf Saryomiy, Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir singari buyuk alloma va adiblarning asarlari «diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi», «millatchilik ruhida bo’lganligi» uchun foydalanishga ruxsat etilmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling