Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

99
 
yodgorliklari hamda qadriyatlarini har tomonlama o’rganish va xalqimizga 
yetkazish borasida ham juda katta kuch sarfladilar. Ular Abu Ali ibn Sinoning besh 
tomlik «Tib qonunlari»ni, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Forobiyning «Ilmlarning 
kelib chiqishi to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning 
«O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Qonuni 
Mas’udiy» asarlari, Narshaxiy, Bayhaqiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarini 
o’rganish, o’zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etdilar. 
Xullas, o’zbekistonlik faylasuf olimlarning tazyiqu-dashnomlarga qaramay, 
olib borgan chuqur ilmiy-tadqiqotlari natijasida Sharqda, xususan, O’rta Osiyoda 
ijtimoiy-falsafiy fikr o’zining uzoq tarixiga ega ekanligi, donishmand bobomiz 
Amir Temur va temuriylar davrida o’lkamizda ilm-fan, falsafa, diniy, axloqiy 
qadriyatlar, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat gullab-yashnaganligi, Sharq 
G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligini inkor etib 
bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi. 
Tobelik va qaramlikka asoslangan totalitar-buyruqbozlik tuzumi tugab
O’zbekistonda davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin, falsafa fani 
taraqqiyoti uchun ilgari bo’lmagan yangi imkoniyat va shart-sharoitlar yuzaga 
keldi. Falsafa fanini siyosiy mafkuralardan holi fan sifatida o’rganish, falsafiy 
muammolarni haqiqiy, xolis va odilona tadqiq etish, sinfiylik va partiyaviylik 
illatlaridan batamom qutilib, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga asoslanib
rivojlantirish imkoniyatlari tug’ildi. 
Yangi tarixiy sharoitda falsafa fanining nazariy asoslarini yangilash, yangi 
g’oyalar bilan boyitish zaruriyati kun tartibida paydo bo’ldi. Davlatimiz 
rahbarlari asarlarida ijtimoiy fanlar vakillari, faylasuf olimlar oldida turgan 
ulkan vazifalar belgilab berildi. Boy ma’naviy merosimiz, xalqimizning tarixiy, 
axloqiy, falsafiy qadriyatlarini, dono fikrlarini o’rganish, asrash, ulardan ijodiy, 
oqilona foydalanish buyuk aql sohiblarining merosiy asarlarini sinchiklab 
o’rganish, nashrga tayyorlash, yosh avlodlar ongiga singdirish olimlar, birinchi 
navbatda, faylasuflarning vazifasidir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling