Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

115
 
koinotdagi tartibning ifodasidir. Dunyoni bilish uni boshqaruvchi sonlarni 
bilishdir. 
Pifagorchilar sonni materiyadan ajratib uni ilohiylashtirgan bo'lsalarda, 
matematika fanining rivojlantirishlari, mashhur Pifagor teoremasining yaratilishi 
bilan fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdilar. 
Eley faylasufi Parmenid (mil.avv.VI asrning oxiri V asrning boshi) 
dialektik tasavvurga zid keluvchi g'oyalarni olg'a surib, qo'zg'atolmaydigan 
umumiy yagona borliq haqiqiy mavjudlikdir, deb hisoblangan. Bu haqiqiy, 
mavjudlik, uningcha, fikr bilan ayniydir. Tabiatda o'zgarib turadigan, turli-tuman 
ko'rinishdagi hodisalar, Parmenidning ta'limotiga ko'ra, yolg'on fikrlarning 
mahsulidir, bilim esa faqatgina aql yordamida hosil qilinishi mumkin. 
Zenon (mil. avv. V asrning o'rtalari) ham Parmenid singari «haqiqiy borliq» 
harakatsiz bo'ladi va uni aql bilan bilish mumkin, deb hisoblaydi.
Eramizdan oldingi V asrda pifagorchilar va eleatlarning falsafiy qarashi 
kuchaygan faylasuflar orasida Empedokl, Anaksagor, Levkipplarning alohida o'rni 
bor. 
Anaksagor
 
(tax. mil.avv.500-428 yy.) Klazomen shahri vakili dunyoning 
asosini kichik zarrachalar — gomeomeriylar tashkil qiladi, ular sifat jihatidan bir-
biridan farq qilib, doimiy harakatda bo'ladi, deb aytgan.
 
Empedokl
 
(tax.mil.avv. 490-430 yy.,Sitsiliya orolidan). U o'zining «Tabiat 
to'g'risida» nomli asarida voqelikdagi barcha narsalarning asosini to'rtta unsur, 
ya'ni tuproq, suv, havo, olov tashkil qiladi degan g'oyani olg'a surgan. Mazkur 
unsurlarning bir-biri bilan qo'shilishi va ajralishining sababi ularning o'zaro 
tortilish va itarilishlaridadir deb hisoblaydi.
 
Levkipp (tax.mil.avv.500-440 yy.) dunyoning asosini mutlaq bo'shliq, atom 
va sababiyat tashkil etadi deb hisoblagan. Uning fikricha olamda barcha narsa va 
sababiy bog'liqlikda yashaydi. Hech narsa sababsiz paydo bo'lmaydi, hamma narsa 
ma'lum bir asosga muvofiq, qonuniy ravishda vujudga keladi. 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Anaksagor





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling