Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

 




118
 
O'z navbatida Aflotunning g'oya haqidagi ta'limoti qadimgi dunyoning eng 
buyuk mutafakkiri Arastu (mil.avv.384-322 yy.) tomonidan tanqid ostiga olinadi. 
Uning ko'rsatishicha, moddiy olam abadiy va ob'ektiv xususiyatga ega bo'lib, u 
hech qanday «g'oya»larga muhtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bo'lgan narsa va 
hodisalar yig'indisidan iborat, u har doim harakat va o'zgarishdadir. Arastu ham 
Demokrit singari moddiy dunyoni, tabiatni bilishning predmeti va sezgilarimizning 
ob'ektiv manbai, kishi ongidan tashqaridagi moddiy olam sezgilarni vujudga 
keltiradi, deb ta'kidlaydi.
 
Arastu o'z asarlarida hamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy 
dunyoning ob'ektiv mavjudligini e'tirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo 
bo'ladi. Har bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borliqning mohiyatidir. 
Materiyaning o'zida rivojlanishning faqat imkoniyati bor xolos, u shakllantirishga 
muhtojdir. Shakl tufayligina materiya imkoniyatdan voqelikka aylanadi. Haqiqiy 
borliq, uning fikricha, materiya va shaklning birligidir. Bular bir-biriga o'tib 
turadi, shaklsiz materiya yo'q. Demak, shakl va materiya tushunchalari nisbiy 
xarakterga ega

Arastu fikricha dunyoda to'rt xil sabab bordir: 1. Moddiy sabab yoki 
materiya (masalan, uy bunyod etish uchun zarur bo'lgan qurilish materiallari); 
2.Shakliy sabab yoki shakl (uy tarixi); 3.Vujudga keltiruvchi sabab (uy quruvchi 
binokorlik san'ati); 4.So'nggi sabab yoki maqsad (bitkazilgan bino).
 
Arastu qadimgi dunyodagi sodda dialektik fikrni eng yorqin ifodalagan 
mutafakkirlardan biri edi. Qadimgi yunon faylasuflarning hammasi olamning 
umumiy manzarasini to'g'ri izohlab bergan sodda materialistik hamda tug'ma 
stixiyali dialektik edilar. Ular orasida Arastu dialektikasi alohida ajralib turar edi.
 
Arastu tabiatni ongli o'zgarishda, rivojlanishda ekanligini ko'rsatadi: buni u 
materiyaning shaklga ega bo'lish jarayoni, imkoniyatni voqelikka aylana borishi 
deb tushunadi. Biroq uning ta'limotida dialektikaga zid fikrlar, qarashlar ham 
mavjud. Arastu materiya passiv, shaklsiz narsa, shakl esa aktiv bo'lib, narsani narsa 
qiluvchidir, deb hisoblaydi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling