121
3.2. O'rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi.
Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga o'tish bilan jamiyatning
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va ma'naviy hayoti to'liq feodallarning
qo'liga o'tdi. Shu davrda, qadimgi sivilizatsiya, qadimgi falsafa, siyosat va
huquqshunoslik yer bilan yakson qilindi. Ma'naviy bilim ixtiyori poplar
(ruhoniylar) qo'liga o'tdi. Diniy rasm-rusumlar va qoidalar har qanday tafakkurning
boshlang'ich nuqtasi va asosi bo'lib qoldi.
Xristian dogmalarining asoslarini ifodalovchi — «patristika», uning yirik
vakillari Ter Tulian (150-222 yy.), Avgustin (354-430 yy.) va xristian falsafasi
shakllanib, G'arb maktablarining majburiy darsligiga aylangan sxolastika
(yunoncha shola — maktab) bir necha yillar davomida hukmron mafkura bo'lib
qolgan edi. Falsafa to'la ravishda dinga bo'ysundirib qo'yilgan edi. Tabiatni
o'rganish, hur fikrlash gunoh hisoblanib, inkvizitsiya (cherkov sudi) buyrug'i bilan
jazoga tortiladi, quvg'in qilinadi.
Ammo fan taraqqiyoti dinning har qancha to'sqinlik qilishiga qaramay,
feodalizm davrida madaniy-ma'naviy o'sish to'xtamadi.
Feodalizm sxolastik falsafasida, X-XIV asrlar davomida ikki asosiy oqim —
nominalizm va realizm o'rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim
o'rtasidagi kurashning asosiy mavzusi umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi.
Nominalistlar Ioann Rostselin (tax. 1265-1308 yy.), Ioann Duns Skott
(tax. 1265-1308 yy.) va Uilyam Okkam (tax. 1300-1350 yy.) alohida
predmetlargina real mavjuddir, umumiy tushunchalar (universaliyalar) esa
nomlarni ifodalaydi va ular ikkilamchidir, deb hisoblagan bo'lsalar, realizm
vakillari Anselm Kenterberiyalik (1033-1109 yy.) va boshqalar umumiy
tushunchalar ob'ektiv mavjud bo'lib, aniq narsalar ularning ifodalanish shakllaridir,
deb hisoblaganlar. Tabiatdagi narsa va hodisalarning ob'ektiv mavjudligi haqidagi
nominalistlar ta'limoti cherkov obro'yining pasayishiga, dunyoning xudo
Do'stlaringiz bilan baham: |