Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

129
 
Spinoza o'z asarlarida dinni keskin tanqid qilib, uning mohiyatini ilmiy 
asoslashga urindi. 
Spinoza dinning vujudga kelishi asosiy sababini odamlarning nodonligi deb 
hisoblar edi va ma'rifat tarqalishi bilan din barham topadi deb bildi, ammo dinning 
gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini tushuna olmadi. Ingliz olimi Jon Lokk (1632-
1704 yy.) ham kishilar bilimining asosiy manbai tajribadir, deb hisoblaydi. Tajriba, 
uning fikricha, ikkiga bo'linadi: ichki va tashqi tajriba. Tashqi tajriba o'z 
mazmuniga ko'ra, mavjud xususiyatlarga ega bo'lsa, ichki tajriba esa bizning ruhiy 
kechinmalarimizdan iborat. Lokk kishi ruhiy kechinmasini mustaqil deb e'lon 
qiladi. 
Lokk 1690 yilda yozgan “Inson aqli haqida tajriba” nomli asarida Dekartga 
qarshi chiqib, hech qanday “tug'ma g'oyalar” yo'q, deb hisoblaydi. Uning 
ta'limotiga ko'ra, bilish inson bilan tabiat orasidagi munosabat jarayonidan iborat 
bo'lib, kishi g'oyalarining, tushunchalarining moddiy olam predmetiga mos kelishi 
haqiqatdir. Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlar mavjud, deb tushuntiradi. 
Birlamchi sifatlar predmetlarning hajmi, shakli, holati, harakati kabilardir. Rang, 
hid, ta'm kabilar ikkilamchi sifatlardir. U birlamchi sifatlar insonga, uning 
xohishiga bog'liq emas, ikkilamchi sifatlar esa insonning sub'ektiv kechinmalariga 
bog'liq deb noto'g'ri fikr yuritadi. 
Lokk o'zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida tabiiy holatdan fuqarolik holatiga 
va davlatni boshqarish shakllariga o'tish g'oyalarini rivojlantiradi. Lokkning 
fikricha, davlatning maqsadi - erkinlikni hamda mehnat vositasi bilan orttirilgan 
mulkni saqlashdir. Shuning uchun ham davlat hokimiyati o'zboshimcha bo'lishi 
mumkin emas. Bu hokimiyat Lokkning fikricha: 1. Qonun chiqaruvchi; 2. Ijro 
etuvchi; 3. Ittifoq Federativ hokimiyatiga bo'linadi. Lokkning mazkur g'oyalari o'z 
ahamiyatini hanuzgacha yo'qotgani yo'q. 
Lokkning, agar mavjud ijtimoiy tartib sharoitida shaxs lozim darajada 
tarbiya va kamolotga ega bo'la olmasa, u vaqtda kishilarning o'zlari mavjud tartibni 
o'zgartirishlari kerak, degan g'oyalari katta ahamiyatga ega edi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling