Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

127
 
etadi va o'z huquqlarini himoya qilish uchun unga o'tkazib beradi. Gobbs mutlaq 
monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli deb hisoblaydi. 
XVII asrning eng yirik mutafakkirlaridan yana biri fransiyalik Rene Dekart 
(1596-1650 yy.) edi. Dekart ikki xil substantsiya: materiya va ruh o'zaro yonma-
yon ravishda mavjud bo'lib, ular xudoga bo'ysunadilar, deb tushuntirgan holda 
dualistik nuqtai nazarda turdi. U cheksiz va abadiy bo'lgan tabiat inson tafakkuriga 
bog'liq bo'lmagan holda rivojlanadi va mavjud, deb hisoblaydi. 
Dekart o'zining “Usul haqida mulohazalar” nomli asarida matematika, 
mexanika va geometriyaga asoslanib bilishning deduktiv usulini ishlab chiqishga 
harakat qildi. U ratsionalizm usulining asoschisi hisoblanadi. Uningcha, bizning 
sezgi a'zolarimiz hamma narsaga shubha qilishi mumkin, biroq mening fikr 
qilayotganimga shubha qilish mumkin emas, deb hisoblab, “Men fikr qilayapman, 
demak men mavjudman”, deb xulosa chiqaradi. Dekart tomonidan yaratilgan 
deduktiv usulning talablari quyidagilardan iborat:
 
1.Bilish aniq, shubhaga o'rin qoldirmaydigan darajada bo'lishi kerak. 
2.Tekshiriladigan muammolarni imkoni boricha mayda qismlarga bo'lib 
o'rganish lozim. 3. Fikr yuritganda eng oldin oddiy narsadan boshlab so'ng 
murakkabiga o'tishi kerak. 4.Bilish jarayonida tadqiqotlarning sharhini to'la olib 
borish kerak, hech narsani qoldirish mumkin emas. 
Dekartning bu fikrlari fanni sxolastikadan tozalash davrida ijobiy rol 
o'ynadi. 
Dekart fikricha, tashqi olamdan ajralgan tug'ma g'oyalar bor (xudo, ruhiy va 
jismiy g'oyalar). Ular orqali umumiy qoidalar, qarashlar kashf etiladi, deb o'ylar 
edi. Uning bu qarashlari Gobbs, Lokk va Spinoza kabi mutafakkirlar tomonidan 
qattiq tanqid ostiga olindi. 
Dekartning falsafiy qarashlari uning materialistik kosmologiyasi va 
fizikasi bilan bog'liqdir. Matematikada u analitik geometriyani yaratuvchilardan 
biridir. Mexanikada u harakat va osoyishtalikning nisbiyligini ko'rsatadi va boshqa 
kashfiyotlar qildi. Kosmologiyada u fan uchun yangilik bo'lgan Quyosh 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling