Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
135
kelishtirishdan hamda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan falsafiy oqimlarni bir sistemada birga qo'shishdan iboratdir. Uning falsafasini ikki: tanqidiy falsafagacha bo'lgan (XVIII asrning 70 yillarigacha), tanqidiy falsafa davriga bo'lish mumkin. Kant o'z falsafasining dastlabki davrlarida asosan tabiatshunoslikning falsafiy masalalari bilan shug'ullandi. U 1785 yilda yozgan eng yirik asari «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi»da Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang'ich katta tumanlikning aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Bu jarayonning sababi «dastlabki turtki» emas, balki o'zaro tortilish va itarilish orasidagi ziddiyatdir. Shu sababli Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar, jumladan Yer ham Kant ta'limotiga ko'ra, uzoq davom etgan tabiiy tarixiy taraqqiyotning mahsulidir. Kantning bu xulosasi uning tabiat hodisalarini dialektik tarzda tushunganligidan dalolat beradi. Lekin u ilmiy materialistik qarashlarini din bilan bog'lashni lozim topdi. Uningcha, tabiat hodisalarining ma'lum tartibiga, muayyan qonuniyatga bo'ysinishida Xudoning karomati bor. XVIII asrning 70 yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri boshlanadi va «Sof aqlni tanqid» (1781y.), «Prolegomenlar» (1783y.), «Muhokama qobiliyatini tanqid» (1790 y.) kabi asarlarida o'zining transtsendantal yoki tanqidiy idealizm sistemasini asoslaydi. Bu asarlarida u o'z e'tiborini insonning bilish qobiliyati va imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratib, ob'ektiv reallikning mavjudligini e'tirof etadi va uni «narsa o'zida» deb ataydi. Lekin uningcha, «narsa o'zida»ni bilish mumkin emas. Kantning fikricha, «narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqari mavjud, biroq ular nimadan iborat ekanligini biz bilmaymiz va hech qachon bila olmaymiz ham…Biz ob'ektlarni bizning sezgilarimizga qanday tuyulsa shunday bilishimiz mumkin, ammo aslida ular qanday, buni biz bila olmaymiz». Kant inson bilimini ikki guruhga ajratadi: 1. Tajriba asosida hosil bo'ladigan bilimlar (aposteriori). 2. Tajribagacha yoki unga bog'liq bo'lmagan bilimlar (apriori). Fazo, vaqt, sababiyat kabi tushunchalar aprior bilimlar shakli bo'lib, bular tajriba natijasida hosil qilinadigan bilimlardan ustun turadi. Tajribaviy bilimlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling