143
yo'qolib ketmaydi, u faqat o'zining shaklini o'zgartiradi xolos, dunyoda
materiyadan ajralgan hech qanday kuch yo'q, deb ta'kidlaydi.
Rus ma'rifatparvarlarining katta yutuqlaridan biri ularning tabiat
qonunlarining ob'ektiv xususiyatga ega ekanligini ilmiy asoslab berganliklari
bo'ldi. Ular fikricha, faqat tabiatgina emas, uni boshqarib turuvchi qonunlar ham
ob'ektiv mavjuddir. Chernishevskiy Kant va uning izdoshlarining qonunlar faqat
bizning ongimizda mavjuddir, degan xulosasiga qarshi chiqib, tabiat qonunlari
inson aqlining mahsuli emas, ular ongdan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan
holda mavjuddir, deydi.
Chernishevskiy fikricha, tabiatdan g'oyalarni izlash samarasizdir, chunki u
har xil sifatga ega bo'lgan turli-tuman materiyadangina tashkil topgan. Inson
materiya taraqqiyotining umumiy zanjirida joylashgan. U toshdan tortib,
o'simlikkacha, daraxtdan hayvonot dunyosigacha, jumladan insonning o'zi ham
materiyaning turli uyg'un birikmalaridandir, deb ta'kidlaydi.
Gertsen materiya va ruh chambarchas bog'langan, shuning uchun ularni bir-
biridan ajratishga hojat yo'q, deb ko'rsatadi.
Rus demokratlari dinga qarshi keskin kurash olib bordilar. Ular fikricha, din
xalq ommasi ongini zaharlovchi, hukmron sinf manfaatlariga xizmat qiluvchi
vositadir. Din kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidan kelib chiqadi. Ular
fikricha, inson dunyoni bilishi mumkin. Bilish jarayoni hissiy va mantiqiy
jihatlardan tashkil topgan. Ular ob'ektiv dunyoni bilish mumkinligini tan
olmaydigan skeptik va agnostiklarni qattiq tanqid ostiga oldilar. Belinskiy
skeptitsizm va agnostitsizmni og'ir va xavfli kasalga o'xshatib, “fikrning paralich
bo'lishi”, deb tavsiflaydi. Chernishevskiy Kantning “narsa o'zida”ni bilish mumkin
emas, degan fikrlariga qarshi kurashadi.
Rus demokratlari dialektikaga oid chuqur farqlarni bildirdilar. Ular Gegel
dialektikasini yuqori baholagan bo'lsalarda, uning ta'limotidagi kamchiliklarni ham
atroflicha ochib tashladilar.
Ular metafiziklarga qarshi chiqib, tabiat va ijtimoiy hayotni doimo
Do'stlaringiz bilan baham: |