Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

139
 
uning asarlarida falsafaning barcha kategoriyalari ham tavsiflanib berilgan. Bilish 
nazariyasiga Gegelning qo'shgan hissasi shundan iboratki, u mantiqiy (mantiq) va 
bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir qatorda dialektik mantiqning 
birinchi kengaytirilgan tizimini yaratadi. Gegel bilish jarayonining xususiyatlari, 
haqiqatga erishish dialektikasi kabi masalalarni har tomonlama asoslab berdi. U 
dialektika qonuniyatlarini tabiat va ijtimoiy fanlarga tatbiq etib falsafaning hamma 
sohalarida chuqur iz qoldirdi. Gegel mantiq haqidagi ta'limotida mavjud olam bilan 
nazariy va amaliy faoliyatining muhim qonuniyatlari aloqador ekanligini ko'rsatib 
bergan edi. 
Nemis klassik falsafasining buyuk vakili faylasuf Lyudvig Feyerbax (1804-
1872 yy.)dir. Feyerbax falsafada antropomantiqiy yo'nalish tarafdori edi. Ularning 
ta'biricha, inson tabiatining bir qismi, uning gultojidir. Shuning uchun dunyodagi 
hamma narsa insonga xizmat qilishi lozim. Falsafaning mavzusi inson va uning 
faoliyatidadir. Din insonga uning vafotidan keyingi dunyo haqida yo'l ko'rsatadi, 
falsafa unga shu dunyoda qanday yashashi kerakligini ko'rsatadi. 
Feyerbax fikricha, tabiat faqat inson orqali o'z-o'zini payqaydi va o'zi 
to`g`risida fikrlaydi. Tafakkurni borliqdan, ongni materiyadan ajratib qo'yuvchi 
idealistlarni u keskin tanqid qilib, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi eng 
avvalo inson masalasi ekanligini ta'kidlaydi, chunki anglash va fikr qilish 
insonning xususiyatidir. 
Feyerbax ta'limotiga ko'ra, fazo va vaqt materiyaning borliq, shakllari
atributidir, harakat esa materiyaning mavjudlik usulidir. 
Feyerbax Gegelning idealistik falsafasini din bilan yaqin aloqada deb 
hisobladi. Shu tufayli, uning fikricha, dindan qutilish uchun Gegelning 
idealizmdan mutlaq ozod bo'lishi lozim. Feyerbax Gegel falsafasini, uning 
idealizmini tanqid qilish jarayonida undagi «ratsional mag'zini» ko'ra olmadi, ya'ni 
u Gegelning dialektik usulini, undagi o'zaro bog'lanish va taraqqiyot ta'limotini 
uning idealizmi bilan birga rad etdi. 
Feyerbax dunyo va uning qonunlarini bilish mumkinligini inkor qiluvchi 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling