Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

140
 
Kant agnostitsizmini tanqid qildi. U moddiy dunyoda inson tomonidan hali 
bilinmagan narsa va hodisalar juda ko'p ekanligini ta'kidlaydi, lekin inson ularni 
fan va amaliyotning taraqqiyoti davomida bilib olishga qodir, deb hisoblaydi. 
XIX asrning o'rtasida nemis faylasuflari Karl Marks (1818-1883 yy.) va 
Fridrix Engels (1820-1895 yy.) dialektik va tarixiy materializm deb nomlangan 
falsafani yaratdilar. V.I.Lenin (1870-1924yy.) tomonidan rivojlantirib sobiq 
Ittifoqda 70 yil davomida hukmron mafkura sifatida kishilarning ongiga majburan 
singdirilib kelingan mazkur falsafiy ta'limot ijtimoiy hayot, madaniyat, fan va 
boshqa sohalarda ko'pgina salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. 
 
3.5. Rus falsafasi 
 
Rus falsafasi taraqqyoti ikkita bir-biridan sifat jihatidan ajralib turadigan 
davr mavjudligi bilan tavsiflanadi: 1) XI-XVII asrlar; 2) XVII asr oxiridan XIX 
asrgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga qamrab oladi. 
Birinchi davrda asosan diniy-falsafiy qarashlar taraqqiy etib, unda olam 
Xudo tomonidan yaratilgan, insoniyat tarixi Xudoning marhamati bilan iblisning 
qora niyati o'rtasidagi kurashdan iborat, inson hayotining o'tkinchi, ruhning 
o'lmasligi, abadiyligi haqidagi g'oyalar o'z aksini topadi. X asrda qadimgi rus 
o'lkalarida yashagan xalqlar tomonidan xristianlik dinining qabul qilinishi bu yerda 
falsafiy fikrning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu borada 
kievlik metrapolit Illarionning “Qonun va yaxshilik haqida so'z”, “Ibodat” kabi 
asarlarini ko'rsatib o'tish joizdir. Shuningdek, “Igor qo'shini haqida so'z” (XII asr), 
“O'tkinchi yillar qissasi” (XI-XII asrlar) va boshqa adabiy yodgorliklar rus 
xalqining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-falsafiy qarashlari to'g'risida qimmatbaho 
manbalar bo'lib hisoblanadi. 
XVII asrning oxiridan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida yangi davr 
boshlandi. Bu davr Pyotr I ning Yevropa madaniyati, fan va texnika yutuqlarini 
Rossiyaga singdirish harakatlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, u tabiat va jamiyat 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling