Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
138
manbaini qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi tashkil qiladi degan g'oyani ilgari suradi. Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'langan, shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratib qarash noto'g'ri. Fazo va vaqt bir-biri bilan bog'langan. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik namoyandasi Gegel tomonidan yanada rivojlantiriladi. Gegel (1770-1831 yy.) falsafasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridagi nemis idealizimining cho'qqisi va nihoyasidir. Gegel to'g'risida so'z borganda uning falsafasidagi ikki tomonni — dilektik usul va metafizik konservatik tizimini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul o'zida «ratsional mag'zini» — taraqqiyot to'g'risidagi ta'limotida gavdalantirgan falsafa shakli bo'lsa, uning diplomatik idealistik sistemasi esa konservativ taraqqiyotning to'xtab qolishini talab etadi va shuning natijasida dilektik usulga tubdan ziddir. Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib «olam aqli», «olam ruhi», «mutlaq g'oya» bilan ifodalangan har qanday ruhiy ibtido tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosidir, real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy ibtido, «mutlaq g'oya», Xudo mavjud bo'lgan deb hisoblaydi. Gegel ta'limoti bo'yicha mutlaq g'oya o'z taraqqiyotida uch bosqichni: tezis, antitezis, sintezni bosib o'tadi: 1) g'oyaning o'z bag'rida, «sof tafakkur stixiyasida» rivojlanishi. Bunda g'oya bir-biriga bog'liq, bo'lgan va bir-biriga o'tib turadigan mantiqiy kategoriyalar tizimini o'z mazmunini ochib ko'rsatadi; 2) g'oyaning «o'zi shakl» ko'rinishida, ya'ni tabiat shaklida rivojlanishi; 3) g'oyaning tafakkurda va tarixida («ruhda») rivojlanishi. Bu bosqichda mutlaq g'oya yana o'z-o'ziga qaytadi va inson ongi faoliyatining turli ko'rinishlarida o'z mazmunini payqab oladi. Ammo Gegelning falsafiy sistemasida ijobiy tomonlari, ya'ni «ratsional mag'zi» ham mavjud. Bu uning dialektikasi va bilish nazariyasida o'z aksini topgan. Bu esa uning «Mantiqiy fani» asarida bayon etilgan. Bu asarida Gegel dialektikaning uch asosiy konun: 1.Qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonuni. 2.Miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tish qonuni. 3.Inkorni- inkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab beradi. Shuningdek, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling