Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

134
 
qobiliyatga keng yo'l ochish lozim, deb hisoblaydilar. Golbax ta'kidlaganidek, 
«kishilar manfaati xuddi shu diniy fikrlarning yo'q qilinishini talab etmoqda va 
sog'lom falsafa o'zini shu diniy chalg'itishlarning yo'q etilishiga butunlay 
bag'ishlashi lozim». 
Fransuz olimlarining fikricha, kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy 
muhit qanday bo'lsa, kishi ham shunday bo'ladi. Demak, jamiyat hayotini 
yaxshilash uchun mavjud muhitni, sharoitlarni o'zgartirish kerak. Bu vazifani 
ularcha, faqat ma'rifatning rivoji orqaligina amalga oshirish mumkin. Ularning 
fikricha, har bir inson erkin tug'iladi, shuning uchun hamma baxtga, ozodlikka, 
adolatga bab-baravar haqlidir. Bu ularning tabiiy, tug'ma huquqidir. Shuning uchun 
bo'lajak jamiyatning asosiy vazifasi - hamma kishilarni adolatli ravishda baxt 
huquqi bilan ta'minlashdir. Ammo ular ijtimoiy muhit ma'nosida mavjud siyosiy 
tuzumni, uning qonunlarini, ustqurmasinigina tushunar edilar. Natijada fikr 
jamiyatni boshqaradi, kishilarning fikri, ongi qanday bo'lsa, jamiyat ham, ijtimoiy 
muhit va uning tuzilishi ham shunday bo'ladi degan idealistik xulosa kelib chiqadi. 
 
3.4. XVIII—XIX asr Nemis klassik falsafasi. 
 
Falsafa fanining rivojlanishida nemis faylasuflarining ham hissasi katta. 
XVIII-XIX asrlarda Germaniyada falsafiy fikrlarning shakllanishida, bir 
tomondan, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi va uning kishilik jamiyatining 
doimo o'zgarib turishi haqidagi xulosasi katta ahamiyatga ega bo'lgan bo'lsa, 
ikkinchi tomondan o'sha davr Germaniya ijtimoiy hayotiga ham o'z ta'sirini 
ko'rsatdi. Germaniya bu davrda nisbatan qoloq mamlakat bo'lib, nemis burjuaziyasi 
inqilobdan qo'rqar, shu bilan birga kapitalizmning rivojlanishidan manfaatdor edi. 
Nemis burjuaziyasining bu ikki yoqlamaligi o'sha davr falsafasida ham o'z 
ifodasini topdi. 
Nemis klassik falsafasining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804 yy.)dir. 
Kant falsafasining xususiyati shundaki, u materializmni idealizm bilan 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling