Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

131
 
Berkli materiyani, ob'ektiv reallikni butunlay tan olmay, men qabul etadigan 
butun hissiy tasavvurlarni menda moddiy predmetlar emas, balki ruh paydo qiladi, 
shu ruh esa Xudolar degan edi. U materiya tushunchasini ichki tomondan ziddiyatli 
va bilish uchun befoyda deb tanqid qiladi. 
Berkli Lokkning birlamchi va ikkilamchi sifatlar to'g'risidagi g'oyasini rad 
qilib, barcha sifatlarni sub'ektiv deb e'lon qiladi. U fanning dunyoqarashidagi 
ahamiyatini inkor qilib, olamning vazifasi «hamma narsani, faqatgina jismoniy 
sabablar bilan izohlashni da'vo qilmasdan, balki yaratuvchining tilini o'rganib 
olishdan iborat», deb hisoblardi. 
Sub'ektiv idealizmning yana bir yirik vakili David Yum (1711-1776 yy.)dir. 
U ob'ektiv reallikning mavjudligiga shubha bilan qarovchi skeptitsizmning 
asoschilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Uning nuqtai-nazaricha, dunyo qonunlari 
sub'ektiv xususiyatga ega bo'lib, bizning odatlarimizga bog'liq, sababiyat va 
zaruriyat sezgilarimizning tartibidan, ketma-ketlikdan boshqa narsa emas. Shunday 
qilib, Yum skeptitsizmni agnostitsizmning turlaridan biri sifatida moddiy dunyo 
qonunlarini bilishni inkor qiladi va fan taraqqiyotini cheklashga harakat qiladi. 
Yum ob'ektiv olamning mavjudligi yoki mavjud emasligi degan masalani hal 
qilinmaydigan masala, deb hisoblardi. Bilimning vazifasini Yum borliqni 
payqashda deb emas, balki amaliy hayot uchun qo'llanma bo'lish qobiliyatida deb 
bilardi. Uning fikricha, ishonchli bilimning yagona predmeti matematika 
ob'ektlaridir; tadqiqotning boshqa hamma predmetlari mantiqiy jihatdan isbotlab 
bo'lmaydigan asoslarga taalluqlidir, ular faqat tajribadan xulosa qilib chiqariladi
ammo Yum tajribani idealistlarcha tushunib, voqelik faqat “tasavvurlar” oqimidir, 
ularning sabablari noma'lum va ularni payqab bo'lmaydi,- der edi. 
Etika masalasida Yum utilitarizm nazariyasini rivojlantirdi, foydalilikni aql-
odob mezoni deb e'lon qildi. Din falsafasida u, koinotdagi tartibot sabablarining 
aql bilan bir qadar o'xshashligi bor degan faraz bilan cheklandi, lekin shu bilan 
birga xudo haqidagi har qanday diniy va falsafiy ta'limotni rad qildi, u tarixiy 
tajribaga asoslanib, dinning axloq-odobga va fuqarolik hayotiga ta'sirini zararli deb 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling