132
e'tirof qildi.
XVII asr materializmi o'rtaga qo'ygan barcha falsafiy fikrlar XVIII asr
fransuz mutafakkirlari tomonidan yanada rivojlantirildi. Lametri (1709-1751 yy.),
Gelvetsiy (1715-1771yy.), Didro (1713-1784 yy.), Golbax (1723-1784 yy.) va
Robine (1735-1820 yy.) hamma ijodiy jismlar o'zgarmaydigan va bo'linmaydigan
atomlardan (Golbax) yoki molekulalardan (Didro) tashkil topgan, deb
hisoblaydilar. Ularning ayrimlari, masalan, Golbax materiyani ob'ektiv reallik
sifatida falsafiy izohlashga harakat qiladi.
Golbaxning fikricha, “materiya bizning hislarimizga biror tarzda ta'sir
ko'rsatadigan narsalarning hammasidir”. Materiya o'zgarmas va bo'linmas
atomlardan iborat bo'lib, bu atomlarning asosiy xossalari ko'lamlilik, og'irlik,
shakl, o'tkazmaslikdir.
Fransuz mutafakkirlari materiya haqidagi falsafiy ta'limotni rivojlantirishga
qo'shgan hissalari shu bo'ladiki, ular materiyani harakatsiz, harakatni esa
materiyasiz mavjud bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Ularning ta'limotiga
ko'ra, harakat materiyaning mavjudlik usulidir, materiya harakati abadiy va mutlaq.
Fransuz olimlarining materiyaning ichki faolligi haqidagi ta'limoti XVII asr
materialistlarining materiya va harakat haqidagi qarashlariga nisbatan olg'a
qo'yilgan yirik qadam edi. Ammo ular harakat shakllarining turli-tuman ekanligini
va sifat jihatdan bir-biridan farq qilishini tushuna olmadilar. Ular harakatni
jismlarning fazoda oddiy o'rin almashishi ko'rinishida tasavvur qilib, harakatning
sababini tashqi ta'sirlardan qidirgan edilar. Shu sababli ular harakatning faqat bitta
shakli — mexanik harakatni tan olar edilar.
Shu bilan birga, fransuz olimlari ba'zi evolyutsion g'oyalarni ham olg'a
surganlar, ular organik dunyo noorganik dunyodan, yuqori organizmlar quyi
organizmlardan kelib chiqqan degan fikrlarni aytganlar.
Dunyoni bilish masalasida fransuz faylasuflari sensualist edilar. Ular barcha
bilimlarning manbaini moddiy predmetlarning sezgi a'zolariga ta'siri natijasida
hosil bo'ladigan sezgilardan iborat deb bildilar. Sezgisiz bilish jarayoni bo'lmaydi,
Do'stlaringiz bilan baham: |