Narkotik o'simliklar ularning inson salomatligiga salbiy ta’siri reja


Download 36.04 Kb.
bet1/6
Sana11.05.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1455115
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NARKOTIK O


NARKOTIK O'SIMLIKLAR ULARNING INSON SALOMATLIGIGA SALBIY TA’SIRI
Reja;

  1. Narkotik oʻsimliklar 

  2. Ularning inson salomatligiga salbiy ta’siri

  3. Organizmning ko‘nikmalarga asoslangan imkoniyatlari

Narkotik oʻsimliklar - tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va boshqalar) mavjud oʻsimliklar. Koʻpchilik N.oʻ.dan olinadigan moddalar tibbiyot va vete-rinariyada davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Koʻpchilik N.oʻ. zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning koʻp kabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. N.oʻ.ning koʻpchiligi yuksak oʻsimliklarga kiradi. Koʻp turlari Jan. Amerika tropiklarida, Shim. Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi. Ularning ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib oʻstiriladi (afyunli koʻknor, hind nashasi, maxorka, tamaki, xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli oʻsimliklar boʻlib, yovvoyi holda oʻsadi (bangidevona, afsonak, maral-quloq, shuvoqning baʼzi turlari). Yana q. Giyohvandlik vositalari.
Organizmning ko‘nikmalarga asoslangan imkoniyatlari, organizm zaxiralari. Salomatlikning yosh va jinsiy xususiyatlari. Sog‘liq shunday bir zahiraki, insonning deyarli barcha ko‘nikmalariga asoslangan imkoniyatlarini qondirish darajasi unga ega bo‘lish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. U faol, ijodiy va to‘laqonli hayotning asosi sifatida yuzaga chiqib, qiziqishlar va ideallar, uyg‘unlik va go‘zallikning shakllanishida ishtirok etadi, inson mavjudligi va yashashining ma’nosi va baxt-saodatini belgilab beradi. Sog‘liqning obyektiv va subyektiv ko‘rsatkichlari farqlanadi. Subyektiv ko‘rsatkichlarga o‘zini sezish, ishlash qobiliyati, uyqu, ishtaha ko‘rsatkichlari kiradi. Obyektiv ko‘rsatkichlar antropometrik o‘lchovlar bilan (tana vazni, bo‘yi, ko‘krak qafasining aylanasi, bo‘yin, elka, son, tizza, qorin va h.k.), nafas olishning tezligi, o‘pkaning hayotiy sig‘imi, tomir urish, arterial qon bosimi va xokazolar bilan bog‘liq.
Inson sog‘lig‘ining ahvolini baxolash “norma” tushunchasi bilan bog‘liq. Yosh va individual-Shaxsiy normalar farqlanadi. Yosh normalari turli yosh guruhlarida o‘tkazilgan o‘lchovlar hamda har bir tadqiq etilgan guruh uchun o‘rtacha qiymat hisoblanishiga asoslanadi. Har bir yosh guruhi uchun olingan o‘rtacha qiymat normaning standarti deb olinadi. Shaxsiy-individual norma jinsiy, konstitutsional belgilari, kasbi, turar joyi, turmush tarzi va boshqalarni hisobga olinishini ko‘rsatib beradi.
Zamonaviy tibbiyot o‘z imkoniyatlari yig‘indisida sog‘liq ahvoliga tashhis qo‘yishning yangi uslublarining yetarli soniga ega bo‘lib, ularning ichida noan’anaviy uslublar va usullar katta o‘rin tutadi.
Sog‘liqning asosiy mezonlari quyidagilardir:


  • genetik–inson genotipining tuzilishi va faoliyatining hususiyat-lari;

  • fiziologik – inson anatomo-fiziologik tizimlarining tuzilishi va faoliyat yuritishining hususiyatlari;

  • psixik – inson asab tizimining tuzilishi va faoliyat yuritishning hususiyatlari, psixikasi va shaxs statusining hususiyatlari;

  • ijtimoiy – insonning ijtimoiy faolligi.


Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling