136
alohida-alohida olingan, bir-biri bilan bog'lanmagan hodisalarni ifodalasa,
tajribagacha bo'lgan aprior bilimlar esa hodisalar o'rtasidagi umumiy sababiy va
zaruriy bog'lanishlarni, ya'ni qonuniyatlarni ifodalaydi.
Dunyo qonunlarining ob'ektiv xususiyatga ega ekanligini Kant mutlaqo tan
olmaydi. Uning fikriga ko'ra, kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi,
shuning uchun ham inson aqlli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson
aqliga moslashishi lozim.
Kantning falsafa taraqqiyotidagi xizmatlaridan biri shu bo'ladiki, u
keyinchalik Gegel tomonidan dialektikani yaratishda asos bo'lib xizmat qilgan
antinomiyalarni ko'rsatib o'tdi.
Kantning ta'limotiga ko'ra, inson aqli tabiatan antinomiyalidir, ya'ni
ziddiyatlarda ikkilanuvchidir. Shuning uchun qarama-qarshi fikrlarni bab-baravar
isbotlash yo'li bilan asoslab berish mumkin. Masalan, olam ham nihoyalidir va
ham chegaralari yo'qdir. Bo'linmas zarrachalar (atomlar) bor va bunday zararlar
yo'q va hokazo. Uningcha, bu ziddiyatlar har qanday holda faqat zoxiriydir.
Kant axloq masalalariga ham katta e'tibor berdi. Uning nuqtai nazaricha,
jamiyatdagi har bir kishining xulq-atvori, irodasi ob'ektiv reallikdan tamomila
ajralgan va o'zgarmasdir. Aqlning asosi esa kishilar ongidagi o'zgarmas amir
farmondir.
Kant mutlaq buyruqni (qat'iy imperativ) etikaning asosiy qonuni deb e'lon
qildi. Bu buyruq uningcha, xatti-harakatning mazmuniga mutlaqo bog'liq
bo'lmagan holda xulq-atvorning yalpi umumiy qonuni bo'la oladigan qoidaga amal
qilishini talab etadi.
Kantning jamiyat hayotining tarixiy jarayonida antogonizmlarning roli,
abadiy tinchlikni barqaror qilishda turli davlatlar uchun o'zaro foydali aloqalarni
rivojlantirish haqidagi ta'limoti falsafaning keyingi rivojlanishiga g'oyat katta ta'sir
ko'rsatdi.
Iogann Gotlib Fixte (1762-1814 yy.). Nemis sub'ektiv idealizmining yirik
namoyondasi Kantning «narsa o'zida» haqidagi ta'limotini uloqtirib tashlab, bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |