Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

144
 
rivojlanishda va o'zgarishda, deb hisoblaydilar. Hayot, Belinskiy fikricha, betinim 
harakat va rivojlanishdadir. “Yashash” olg'a qarab rivojlanish”, demakdir, degan 
qoidaga asoslanib, Gegelning “doira bo'ylab taraqqiyot” ta'limotiga qarshi 
chiqdilar. 
Harakat va rivojlanishning sababini narsa va hodisalarning o'zidan 
qidiradilar. Rivojlanishning manbai ichki qarama-qarshiliklar kurashidadir. 
Rus taraqqiyparvarlari falsafa tarixida birinchi bo'lib falsafiy ta'limotlarni 
sinflar va siyosiy partiyalar kurashi bilan sug'orilganligini ko'rsatdilar. Ular 
siyosiy va falsafiy nazariyalar har doim ham yuz berayotgan hodisalar ta'sirida 
bo'lishini, bular esa hayot hodisalari yuz berishini tezlashtirishga yoki 
sekinlashtirishga qaratilganini ta'kidlaydilar. 
Rus ilg'or demokratlarining falsafa tarixida tutgan o'ziga xos o'rni, ular 
dunyo hodisalarini tushuntirishda XVII asr faylasuflariga nisbatan bir qadam 
oldinda bo'lganliklaridadir. Shuningdek, ular falsafasi, oldingi materialistik 
ta'limotlardan farqli o'laroq, jamiyat a'zolarini harakatga, jamiyatni o'zgartirishga 
undaydigan ta'limot edi. 
Rus falsafasida materialistik dunyoqarash bilan bir qatorda diniy falsafiy 
qarashlar ham taraqqiy etgan. Ular markazida e'tiqod va bilim asosiy o'rin egalladi. 
Diniy falsafaning yirik namoyondalari V.Solovev (1853-1900 yy.), 
Berdyaev (1870-1948 yy.), slavyanofillar falsafasining tarafdorlari S.N.Bulgakov
P.A.Florenskiy, kantchilik guruhiga N.O.Losskiy, S.L.Frank, G.G.Shpnetlar 
ham o'ziga xos falsafiy fikrlarni bildirishga muvaffaq bo'lganlar. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus falsafasi taraqqiyotida uchinchi 
davr boshlandi. Bunda G.V.Plexanov (1856-1918 yy.) katta rol o'ynadi. 
Plexanovning falsafiy fikrlari uning “Tarixga monistik qarashning rivojlanishi 
masalasiga doir”, “Materializm tarixiga oid ocherklar”, “Tarixda shaxsning roli 
masalasiga doir” va boshqa asarlarda bayon etilgan. 
Plexanov tarixni materialistik g'oyalar asosida tahlil etib, ijtimoiy borliq va 
ijtimoiy ong munosabatlarining murakkabligini ko'rsatdi. U dinning kelib chiqishi, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling