Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

152
 
yashashlikning asosida yotadigan kechinmasi deb hisoblaydilar. Qo'rquvning bilish 
sohasidagi ahamiyati, ekzistentsialistlar ko'rsatib o'tishicha shundan iboratki, u 
yaxshilikning o'zining poyoniga, nihoyasiga ro'para qilib qo'yadi, uni yo'qlik yoki 
hech narsa bilan qarama-qarshi qilib taqqoslaydi. Hech narsaga bo'lgan yashashlik 
munosabatida yashashlikning o'zi oydinlashadi. Qo'rquv sharoitida dunyo qavsga 
olinganday bo'ladi va inson o'zi bilan tanholikda, o'zining mavjudligida qoladi. 
K.Yaspersning taxminicha, inson yashashi (hayoti) «chegara vaziyati»da 
oydinlashadi. Bu o'lim, azob, uqubat, kurash, aybdorlik, diniy jazava, ma'naviy 
nogironlik va hokazolar. Faqat mana shu paytlarda inson haqiqiy bo'lmagan, 
kundalik, oddiy sharoitlarda yashiringan o'zining chinakam yashash usulini o'z 
ixtiyori bilan tanlab oladi. Albatta kishilar hayotida qayg'u ham, kasallik ham, azob 
ham bo'ladi, ularning borligini inkor qilish mumkin emas. Ammo azob, qo'rquv va 
o'limni inson yashashining asosi va negizi deb hisoblash uchun, ijtimoiy hayotning 
tanazzuliga yuz tutgan davri uchun xarakterli bo'lgan aqliy kayfiyat bo'lishi kerak. 
S.Kerkegorning fikricha, inson yashashining cheklanganligini oshkora 
etuvchi qo'rquvda inson o'limiga, hech narsaga, o'zining munosabatini tanlash 
zaruriyatiga ro'baro' keladi, ana shu tanlash imkoniyatiga ega o'z navbatida 
erkinlikni ko'rsatadi. Ekzistentsialistlar insonning erkinligi uning aktiv faoliyatida 
emas, uni o'rab olgan muhitni qayta o'zgartirishda ham emas, balki qo'rquvda 
namoyon bo'ladi, degan bema'ni fikrni qabul qilib oladilar. 
Ekzistentsialistlarning ta'kidlashicha, inson o'zining mohiyatini o'zi erkin 
tanlaydi, u o'zini hayotga qanday hozirlasa, shunday bo'lib qolaveradi. Inson — bu 
qandaydir tugallanmagan narsa, bu doimiy imkoniyat, loyiha. U kelajakka intiladi 
va o'zini oldindan uzluksiz rejalab boradi, o'z-o'zining chegarasidan chiqadi. U 
ixtiyoriy tarzda — «o'zini tanlaydi» va o'zini tanlashga to'la ma'suliyat his qiladi. 
Barcha ekzistentsialistlar erkinlikka alohida tayanadi, chunki ular erkinlik 
faqat insonga xos bo'libgina qolmasdan, balki uning yashashligini tashkil qiladi. 
Ular — inson erkinlik deb ta'kidlamoqdalar. Mana shu asosda ekzistentsialistlar 
o'zlarining erkinlik haqidagi ta'limotini o'z falsafasining gumanistik xarakterini 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling