Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

149
 
tamoyilidir. Agar «ko'chada yomg'ir yog'moqda» degan gapni tushunishimiz kerak 
bo'lsa, uni biz, ko'chaga qarab tekshirib ko'ramiz. Bu elementar usulni umumiy 
tamoyilga aylantirish noto'g'ri bo'ladi, chunki fanning ko'pgina haqiqatini hissiy 
verifikatsiya yo'li bilan isbotlab berish mumkin emas. 
XX asrning 30-yillarning o'rtalariga kelib, mantiqiy pozitivistlar o'zlarining 
ta'limotini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldilar. Agar ilgari ular fan tilining 
mazmun tomoniga e'tibor bermasdan faqat shaklan sintaksis qoidalari bilan 
shug'ullanib kelgan bo'lsalar, 30-yillarning oxiriga kelib mantiqiy pozitivistlar 
ishlarida ko'pincha semantik problemalarga, ya'ni so'z va ifodalarning mazmuni 
muammolariga e'tibor bera boshladilar. 
Semantik muammolar mantiqi A.Tarskiy va pragmatizmga yaqinroq bo'lgan 
amerikalik pozitivist U.Morrisning ishlarida yaqqol ko'rina boshladi. Shundan 
boshlab tilni tahlil qilish uch sohaga ajratiladi. Tilning uni qo'llayotganlarga 
munosabati — pragmatika; uning yordamida ta'bir qilinayotgan narsa o'rtasidagi 
munosabat — semantika; til ifodalari o'rtasidagi munosabat — sintaksis. Uch 
qismdan iborat ta'limot semantika nomini oldi. 
Neopozitivistlar so'z va belgilarning mazmuniga e'tibor berishga o'tish bilan 
o'zlarining tahlil qilish ob'ektiga katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan 
(masalan, elektron hisoblash kurilmasini yaratish uchun bir qator mantiqiy
lingvistik, psixologik) muammolarni kiritadi. Semantika muammolarning umumiy 
zaminida tilning kommunikatsiya shakllari va ahamiyatini tahlil qilishga turli 
tomonlardan yondashgan har xil maktablar va oqimlar uchrashadilar. Karnap va 
Tarskiy guruhi matematik mantiqiy masalalar bilan bog'langan simvolik ifodalarni 
tadqiq qilishga kirishdilar. Richard Ogden tarafdorlari lingvistika bilan bog'liq 
holda semantika muammolarini ishlay boshladilar. Korjibskiy, S.Cheyz va 
boshqalarning «umumiy semantika» deb nomlangan guruh ijtimoiy munosabatlarni 
«yaxshilash», ijtimoiy ziddiyatlarni «hal qilish» uchun tilni semantik tahlil 
qilishdan foydalanishga urindilar. So'nggi guruh tarafdorlarining fikriga ko'ra, 
mazkur so'zni ifodalaydigan unga mos «referent» yoki yagona hissiy faktni topish 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling