150
mumkin bo'lgan so'zlargina ahamiyatga ega bo'larmish. Bundan kelib chiqadiki,
mavhum «kapitalizm», «fashizm», «agressiya», «ekspluatatsiya» kabi ko'pgina
so'zlar hech qanday mazmunga ega bo'lmaydi. Odamlar umumiy tushunchalar real
mavjudligini o'ylab, o'zida doimiy tashvish, ziddiyat va nizolar manbaini
yaratadilar. Urushlar, siyosiy kurashlar, turli to'qnashuvlarning sababi so'zlarni
noto'g'ri qo'llash oqibati emish.
Pragmatizm — yunoncha «pragma» so'zidan olingan bo'lib, amaliyot degan
ma'noni bildiradi. Pragmatizm har xil idealistik va diniy oqimlarning qo'shilishidan
tarkib topgan XX asr falsafasidir. Uning asoschisi Charlz Pirs (1839-1914 yy.),
Pragmatizmning yirik namoyondalaridan Uilyam Djems (1842-1920 yy.), Djon
Dyui, Uinn va boshqalar.
Mazkur falsafiy oqim ayniqsa AQShda keng tarqalgan, chunki u o'zining
chiqib kelishi, qarashlari va maqsadlari bilan mazkur mamlakatda keng tarqalgan
tadbirkorlarning, ya'ni o'rta sinfning maqsadlarini ifodalaydi.
Pragmatizm paydo bo'lishidanoq eski falsafiy qarashlardan voz kechib inson
harakati, faoliyati tahliliga asoslangan falsafiy tushunchalarni ilgari suradi. Inson
faoliyati uning hayoti tarzini, yashash shaklini tashkil etar ekan, ana shu faoliyatni
yaxshilashning yo'llari,tezlashtirish vositalari bormi, degan savolga javob
qidiradilar.
An'anaviy falsafaning bilish nazariyasini tanqid qilib, inson faoliyatida bilish
emas, ishonch va uning mustaqilligi alohida o'rin tutadi degan g'oyani ilgari suradi.
Inson bilmaslikdan bilishga emas, shubhadan, ikkilanishdan ishonchga qarab
borishi kerak.
Pragmatizm ta'limotida haqiqat muammosi asosiy o'rin egallaydi. Haqiqat,
kishilar manfaatiga xizmat qiladigan, ularni muayyan maqsadlarga yetaklovchi,
undovchi tushunchadir. Boshqacha aytganda, haqiqat muvaffaqiyatga erishish,
kishilar maqsadining amalga oshishidir. Haqiqatning mezonini, Dyui fikricha,
kishilarga uning nafi, foydasi qay darajada tegishliligi tashkil etadi.
Yerning hosildorligini dehqon kuzda ekinlarni yig'ishtirib olgan daromadga
Do'stlaringiz bilan baham: |