Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

153
 
ifodalovchi, insonni ulug'lovchi ta'limot ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ladilar. 
Biroq ular erkinlik individining faqat ichki holati, kayfiyati, kechinmasi, deb 
tushunadilar. Zaruriyatga qarama-qarshi qo'llangan va jamiyatdan holi bo'lgan 
bunday erkinlik har qanday mazmunini va ahamiyatini yo'qotib, quruq rasmiy 
tamoyilga, tuturiqsiz so'zlamoqqa aylanadi.
Ekzistentsialistlar inson erkin bo'lsa ham bu erkinlik tanlash jarayoni yuz 
beradigan muayyan sharoit bilan cheklangan deb hisoblaydilar. Ularcha, inson 
o'zining hayoti sharoitini o'zi ta'minlaydi. Tashqi olam insondan tashqari mavjud 
bo'lgan qandaydir narsa emas, balki inson yashashligi va u bilan uzviy bog'liq 
bo'lgan, uning muhiti, uning tashvishlari dunyosi, deb tasavvur qilinadi. 
Ekzistentsialistlar fikricha, o'lim dahshatidan qo'rqqan inson o'zicha 
jamiyatdan joy izlaydi. Unga aralashib ketib, u odamlarning umuman o'limga 
mahkumligi bilan o'ziga-o'zi dalda beradi va bu bilan o'zining o'limi haqidagi 
fikrini haydaydi. Lekin jamiyatdagi individning hayoti haqiqiy emas: bu insonning 
faqat yuzaki, tashqi, kundalik yashashligi. Uning haqiqiyligi tanxo mavjudlikda 
yashiringan, bu faqat individual ozchilikka ma'lum. 
Ekzistentsializm falsafasida qayta-qayta bitta g'oya takrorlanadi: inson o'lish 
uchun yashaydi. M.Xaydegger uchun o'lim bu insonning so'nggi imkoniyati
J.Sartr uchun bu barcha imkoniyatlarning oxiri, barcha ekzistentsialistlar uchun 
yuqori transtsendent reallik — bu o'lim.
Ekzistentsialistlar o'limni inson yashashining maqsadi, mohiyatiga 
aylantirib, mazmunsiz hayot haqida xulosa keltirib chiqaradi, ijtimoiy hayotni va 
inson faoliyatini yo'qqa chiqaradi. 
Hozirgi zamon diniy falsafasining eng ko'p tarqalgan maktablaridan biri 
neotomizm bo'lib, u o'rta asrda yashagan Foma Akvinskiy ta'limotining 
tiklanishidadir. Neotomizm katolik cherkovi markazi Vatikanning rasmiy 
falsafasidir. Uning ko'zga ko'ringan vakillari J.Mariten, E.Jelson, G.Manzer va 
boshqalar hisoblanadi. 
Neotomizm falsafasining asosiy g'oyasi shundan iboratki, ularcha din





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling