Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
154
e'tiqod va bilim o'rtasida to'la garmoniya mavjud, xudo tomonidan berilgan ikki haqiqat manbai sifatida ular bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini to'ldiradi. Neotomistlar bilim bo'lmagan joydagina e'tiqod kerak, deb tan oladi, ularni ko'r- ko'rona irratsional e'tiqod qoniqtirmaydi. Ular e'tiqod oqilona bo'lishi va mantiqiy asosga suyanishi kerak, degan qat'iy fikrda turadilar. Haqiqiy e'tiqodning manbai ular fikriga ko'ra, muqaddas kitobga o'xshagan ilohiy qudratdir. Uning mazmuni g'ayritabiiy va teologiya sohasiga to'la taalluqli bo'ladi. Inson «muqaddas kitoblar»da yozilgan narsalarga ishonishi uchun u xudoning borligiga shak keltirmagan va unga e'tiqod qo'ygan bo'lishi kerak. Xudoning mavjudligini isbotlash - bu falsafaning ishi va buni u sof mantiqiy vositalar bilan yetkazishi lozim. Hozirgi zamon tomistlari Foma Akvinskiy tomonidan kiritilgan xudo borligining barcha “dalillari”ni qabul qiladilar, shu bilan birga, dunyo xudo ishtirok etishining yangi “guvohlarini” izlaydi, buning uchun u yoki bu muammolarni yechishda fan oldida turgan qiyinchiliklardan foydalanadilar. Xudo mavjudligi va dunyoning yaratilishini asoslash uchun «koinotning issiqlikda halok bo'lish nazariyasi», koinotning «benihoyaligi» haqidagi gipoteza, hayot va psixikani tushuntirishning murakkabligi va hokazolar qo'llaniladi. Neotomistlar ta'limotiga moddiylik va ma'naviylik dualizmi xarakterlidir, ammo bu o'rinda har doim moddiylik ma'naviylikka bo'ysungan bo'lishi kerak. Neotomistlarning asosiy usuli shundan iboratki, yagona ob'ektiv moddiy dunyoning turli xil qarama-qarshi tomonlari xilma-xil dunyoga taalluqli bo'ladi va pirovardida ular xudoning aralashishi bilan tushuntiriladi. Ular abadiylik va benohoyalilikni xudoga, nihoyalik va vaqtinchalikni esa dunyoga bog'laydilar. Neotomistlar dunyoni o'zgaruvchanlikda va nisbiy doimiylikda, harakat va strukturada ko'radilar. Birok, shu bilan birga, bu qarama-qarshiliklar yagona moddiy dunyoda qanday munosabatda bo'lishligini tahlil qilishda harakatni, narsalarning moddiyligini o'tkinchi nihoyali narsalarga, sukunat, turg'unlikni esa xudoga tirkab qo'yadilar. Bu bilan neotomistlar harakatni o'zidan kelib chiqqan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling