Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

155
 
holda tushuntirish mumkin emas, balki uni tushuntirish uchun harakat manbai 
bo'lgan xudo tushunchasini kiritmoq lozim, deb tasdiqlaydilar. 
Hozirgi zamon tomistlari irratsializmni inkor qiladilar va aqlning 
afzalliklarini tan oladilar. Ammo tomistlar «ratsionalizm»i soxta ratsionalizm 
bo'lib, insoniy aql fan oldidagi g'ayri aqliy haqiqat ochilishiga qaratilgan bo'ladi. 
Aqlni, e'tiqodni himoya qilishga majbur qilib, neotomistlar bilimlar manbai bo'lgan 
falsafani yo'qqa chiqaradilar. Neotomizmning ijtimoiy-siyosiy ta'limoti xususiy 
mulkchilikning abadiyligi va jamiyatning sinflarga bo'linishini «tabiiy» deb tan 
olishga asoslanadi. 
Neotomistlar jamiyatdagi ziddiyatlar ayrim kishilarning gunohi, diniy 
oyatlarni esdan chiqarish, xristian aqidalariga rioya qilmaslikning oqibati deb e'lon 
qiladilar. XX asr falsafasining oqimlaridan birini fenomenologiya tashkil etadi. 
Mazkur oqimning asoschisi Gusserl (1859-1938 yy.) hisoblanadi. Uning izdoshlari 
M.Sheler, N.Gartman, M.Xaydegger va boshqalar. Gusserl o'zining «Mantiqiy 
izlanishlar» nomli ikki jilddan iborat bo'lgan asarida fenomenologiya falsafasining 
predmetini borliq va real ong emas, balki, «sof ong» tashkil etadi, degan g'oyani 
ilgari suradi. Uning yozishicha, fenomenologiya har xil kechinmalar orqali 
namoyon bo'ladigan «sof ong» haqidagi ta'limot. «Sof ong»ning kechinmalari
iztiroblari, tushunchalari, fenomenlar haqiqatni bilishga olib boradigan yagona 
yo'ldir. «Sof ong» o'zining tushunchalari, fenomenlari yordamida ob'ekt bilan 
sub'ektni o'zaro bog'lab turuvchi vositadir. 
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turganidek, Gusserl bilish nazariyasining 
predmetini fenomenlar oqimi tashkil etadi. Fenomenlar uning fikricha, quyidagi 
to'rtta qatlamlardan tashkil topadi. 1. Nutq, yozuv ma'nosini ifodalash uchun 
ishlatiladigan til shakllari; 2. Bilishga intilayotgan sub'ektning ruhiy kechinmalari, 
iztiroblari; 3. Bilish jarayonida namoyon bo'ladigan kechinmalar, iztiroblarning asl 
ma'nosi; 4.Ana shular orqali ifodalanadigan «narsa». 
Mazkur qatlamlar yordamida falsafa «sof ong» mohiyatini bilishga erishadi. 
Gusserlning fenomenologiyasi Platon tomonidan rivojlantirilgai «g'oyalar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling