Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

151
 
qarab aniqlaydi, — deydi Dьyui. 
Ekzistentsializm (lotincha «existentia» — yashash, mavjudlik so'zidan 
olingan) yoki «yashash falsafasi» — hozirgi zamon falsafiy ta'limotlarining eng 
ko'p tarqalganlaridan biri. Ekzistentsializm falsafa sifatida XX asrning 20-yillarida 
vujudga kelgan. Uning asosiy vakillari Germaniyada M.Xaydegger, K.Yaspers, 
Fransiyada P.Marsel, Sh.T.Sartrlardir. 
Ekzistentsial muammolar ekzistentsialistlar uchun falsafiy qarashlarning 
barcha sohalarini tashkil qiladi, ya'ni insonning yashashidan kelib chiqadigan 
muammolar hisoblanadi. Individning yashashi va o'limi, yoxud «yashash 
usuli»ning barchasidagi tashvishlar va o'lim oldidagi doimiy qo'rquv — mana 
shularning hammasi ekzistentsialistlarni hayajonlantiradigan masalalaridir. 
Ekzistentsialist uchun faqat o'zlarining xususiy yashashi va uning yo'qlik harakati 
ahamiyatlidir. 
Ekzistentsialistlar falsafaning predmeti — borliq deb e'lon qiladilar. Lekin, 
ular fikricha, «borliq» tushunchasi aniqlab bo'lmaydigan narsa bo'lib, uni hech 
qanday mantiqiy tahlil qilish mumkin emas. Shunday ekan borliqqa kirib borish 
uchun boshqacha, g'ayri ilmiy, irratsional yo'lni izlash kerak emish.
Narsalarning 
borlig'i 
butunlay 
anglab 
bo'lmaydigan 
bo'lsa 
ham, 
ekzistentsialistlarning fikricha, borliqning bitta turi biz uchun yetarli darajada 
ma'lum: bu faqat o'zimizning mavjudligimizdir. Lekin yashash, ular fikricha 
qandaydir ichki va ifodalanmaydigan tushunchadir: yashashlik hech qachon 
ob'ektiv ifodalab bo'lmaydigan narsa, chunki biz o'zimizga chetdan qarashga qodir 
emasmiz. Uni shuningdek, ratsional bilish ham mumkin emas, uni tushunishning 
birdan-bir usuli bevosita ichki tuyg'ularimiz bilan boshdan kechirishdan iborat. 
Ekzistentsializm — bu shunday falsafaki, uning yagona predmeti insonning 
yashashligi, aniqrog'i yashashlik kechinmasidir. Turli xil yashashlikning borliq 
usullari ichidan ekzistentsialistlar yashashlikni to'laroq ochib beradiganlarini 
izlaydilar. Qo'rquv yashashlikni to'laroq ochib beradigan usullardan biridir. 
Daniyalik S.Kerkegor izidan borib, ekzistentsialistlar qo'rquvni barcha 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling