147
E.Fromm, Z.Freyd ta'limotini ijtimoiy munosabatlarni tahlil etishga tadbiq
etib, bir qator yangi fikrlarni ilgari suradi.
Pozitivistlar barcha haqiqiy, «ijobiy» (pozitiv) bilimlarni ayrim fanlarning
natijasi yoki ularni sintetik birlashtirish natijasi sifatida olish mumkin deydilar.
Ular real voqealikni chuqur tadbiq, qilishga qaratilgan falsafa alohida fan bo'lish
huquqiga ega emas, deb da'vo qilganlar. Pozitivizm XIX asrning 30-40 yillarda
vujudga kelgan. Uning asoschisi fransuz faylasufi O.Kont hisoblanadi. Pozitivizm
uchta asosiy ko'rinishga ega: 1) O.Kont pozivitizmi; 2) Empiriokrititsizm; 3)
Neopozitivizm.
Kont fan o'zidan ustun turuvchi hech qanday falsafaga muhtoj emas degan
g'oyani ilgari suradi. Kont fikricha, fan falsafaning «metafizik» muammolari bilan
qiziqmaydi, u idealizmni ham, materializmni ham rad qiladi. Mohiyat va sababni
ochib beradigan da'voga taalluqli metafizik qoldiqlar fandan haydab chiqarilishi
kerak. Shuning uchun fan hodisalarini izohlamaydi, balki izlaydi va «nima uchun»
degan savolga emas, balki «qanday» degan savolga javob beradi.
Pozitivizm tabiiy-ilmiy kashfiyotlarni aqliy-falsafiy nazariyalarga qarama-
qarshi qo'yadi va mutlaq to'g'ri deb qabul qiladi.
Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli — R.Avenarius va E.Max
empiriokrititsizm (maxizm) falsafasining vazifasi barcha fanlarning umumiy
xulosalarini sistemalashtiradigan «sintetik» sistemasining nazariyalaridan iborat
bo'lmasdan, balki ular ishlab chiqqan sub'ektiv-idealistik asosi ilmiy bilish
nazariyasini yaratishdan iborat deb biladi. Masalan, Max sezgini inson bilishi
mumkin bo'lgan yagona «reallik» yoki butun mavjudotning «elementi» deb
qaraydi.
XX asrning 20-yillarida neopozitivizm vujudga keldi. Uning vujudga
kelishida ingliz mantiq olimi, matematik va faylasufi B.Rassel va avstriya faylasufi
L.Vitgenshteyn muhim rol o'ynadilar. Mantiqiy pozitivizm o'tgan asrning 20-yillari
boshlarida M.Shlik tomonidan tashkil qilinib, uning tarkibiga R.Karnap, O.Neyrat
va boshqalar kelib qo'shilgan «Vena to'garagi» vujudga keldi, Shunga o'xshash
Do'stlaringiz bilan baham: |