Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

141
 
taraqqiyotiga ilm-fan nuqtai nazaridan yondashishga qaratilgan ilmiy-falsafiy 
fikrlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanad 
Ushbu davri rus falsafasining yirik namoyondalaridan biri M.V.Lomonosov 
(1711-1765 yy.) edi. Uning ijodiy faoliyati nihoyatda har tomonlama bo'lib u 
kimyo, fizika, filologiya, she'riyat, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta 
hissa qo'shgan. 
Lomonosov o'z davrining madaniyatida hukmron bo'lgan safsatabozlik 
qarashlariga qarshi chiqdi. Idealistik nazariyalarga u tabiat jismlarining tabiiy kelib 
chiqishi haqidagi g'oyalarini qarama-qarshi qo'ydi. “Yer qatlamlari” asarida 
o'simlik va hayvonot olamining evolyutsiyasi haqidagi farazni ilgari surdi va 
tabiatni o'rganish zarurligini isbotlab berdi. 
Lomonosov fikricha, tabiatdagi hamma narsalar materiyadan (atomlardan) 
tashkil topgan. U qadimgi atomistik nazariyani qo'llab-quvvatladi. Barcha narsalar 
atomdan tashkil topgan bo'lib, ular o'z navbatida mayda zarrachalar 
(korpuskulalardan) iborat, deb hisobladi. Korpuskulalar yoki molekulalarning 
turlicha qo'shiluvi narsalarning xilma-xilligini belgilaydi. 
Tabiat o'z qonuniga ega bo'lib, jismlardan tortib atomlargacha barcha 
hodisalar va o'zgarish jarayoni ana shu qonuniyatga bo'ysunadi, unga muvofiq 
vujudga keladi. Shuning uchun ular qandaydir tashqi kuchga muhtoj emas. 
Lomonosov materiya doimo harakatda, rivojlanishda degan g'oyani olg'a 
surgan, u materiya va harakatning saqlanish umumiy qonunini kashf etadi. Bu 
qonunni u 1748 yil 5 iyul kuni Eylerga yozgan maktubida ta'riflab bergan edi. 
Uning bu kashfiyoti XVIII asr tabiat fanlarida ilmda hukmron bo'lgan salbiy 
qarashlarga qat'iy zarba beradi. 
Lomonosov “Issiq va sovuqning sababi haqida o'ylar” asarida issiqlik 
yaratuvchi materiyaning alohida turli sifatidagi teplorod tushunchasini rad etadi va 
issiqlik jarayonlarining sababini materiya zarralarining harakatidan izlamoq kerak 
deb ko'rsatadi. Uningcha, materiyaning asosiy xossalari: ko'lamlilik, inertsiya 
kuchi, shakl, o'tkazmaslik va mexanik harakatdan iborat. Shuningdek, Lomonosov 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling