Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

126
 
hech narsadan hech narsa vujudga kelmaydi, hech narsa yo'q bo'lib ketmaydi. 
Materiyaning umumiy miqdori hech qachon o'zgarmaydi, u kamaymaydi ham, 
ko'paymaydi ham. 
Bekon materializmning yana bir xususiyati shundaki, u materiyani to'xtovsiz 
harakatda, bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi, deb hisoblab, harakatning 19 
shaklini atroflicha ta'rifladi. Lekin u materiya harakati turlarini harakatning 
mexanik shakli bilan ayniylashtirib qo'yadi. 
Tomas Gobbs (1588-1679 yy.) Bekon materializmini bir tizimga solib, 
uning ta'limotini rivojlantirgan mexanistik usulga asoslanuvchi faylasufdir. 
Materiyani birlamchi, ongni esa ikkilamchi, deb hisoblagan Gobbs faqatgina bor 
jismlar mavjud, qolganlari esa to'qib chiqarilgan tasavvurlardir, deb hisoblaydi. U 
«Tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratish mumkin emas» degan g'oyat muhim 
fikrni ilgari suradi. 
Materiya abadiy, ayrim jismlar esa vaqtinchalik ko'rinishga ega, ular 
vujudga keladi va yo'q bo'ladi. Gobbsning fikricha, olam mexanik harakat 
qonunlariga bo'ysundirilgan jismlar majmuidir. Gobbs din insonlarga ta'sir 
etishning alohida uslubidir, deb hisoblaydi. U matematik edi, shuning uchun ham 
har qanday to'g'ri chiziq nuqtalardan iborat deb, materiyaning rang-barangligini 
hisobga olmay, tabiatdagi barcha narsalarni geometriya fani nuqtai-nazaridan 
tushuntirar edi. 
Bilim to'g'risidagi ta'limotida Gobbs Dekartning «tug'ma g'oyalar» 
nazariyasini tanqid ostiga olib, barcha bilimlarni sezgilardan keltirib chiqaradi. 
«Kishi aqlida bironta tushuncha yo'qki, dastavval u sezgi a'zolarimizda qisman 
yoki to'la vujudga kelgan bo'lmasin», deydi Gobbs. 
Gobbs jamiyat hayotini tahlil qilishga urinib, davlatning kelib chiqishi va 
uning mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, davlat paydo 
bo'lishining asosiy sababi xususiy mulkchilikning kelib chiqishi oqibatida kishilar 
o'rtasidagi kurashning keskinlashib ketishidadir. Jamiyat kishilar bir-birini o'ldirib 
yubormasliklari, talamasliklari uchun ijtimoiy shartnoma asosida davlatni barpo 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling