125
talab etar edi. Bu paytda tabiat hodisalarini o'rganishning asosiy usuli dalillar
to'plash ularni har tomonlama tahlil etish, tajriba o'tkazishdan iborat edi. Qadimgi
davrdan boshlab yig'ilgan tabiat to'g'risidagi bilimlar umumiy mazmunga ega
bo'lib, u yangi davrning tajribasi va fan talabiga javob bera olmaydi. Shuning
uchun yangi davr tabiatshunoslari tabiatdagi hodisalar, dalillarni yig'ish va
o'rganish, chuqurroq bilish maqsadida ularni bir-biridan ajratib o'rganadilar. Bu xil
tekshirish usuli tabiatshunoslik taraqqiyotida ijobiy xizmat qilgan bo'lsada, lekin u
olimlar diqqatini dunyoning umumiy ko'rinishidan, uning bir butunligidan, narsa
va hodisalar o'rtasidagi ichki aloqa va bog'lanishlar borlig'idan, ularning bir-biriga
o'tib turishidan chetga tortdi, olam qotib qolgan, bir-biriga bog'liq bo'lmagan
tasodifiy hodisalar yig'indisidan iborat bo'lib ko'rindi. Shunday qilib metafizik usul
vujudga keldi. Tabiat hodisalarini metafizik holatda tekshirish falsafaning
metafizik shaklini vujudga keltirdi.
Yangi davr falsafasining yana bir xususiyati shundan iboratki, u asosan
mexanika va matematika fanlari yutuqlaridan kelib chiqib ularni falsafiy jihatdan
umumlashtirib mexanistik xarakteriga ega bo'ladi. Shuning uchun ham bu
davrning' olimlari mexanika qonuniyatlarini, jumladan I.Nyutonning mexanik
sababiyat nazariyasini tabiatdagi barcha sirlarni ochib beruvchi kalit deb
hisobladilar.
Metafizik mexanistik materializmning yirik vakillaridan biri ingliz olimi
Frensis Bekon (1561-1626 yy.)dir. Bekon ingliz materializmining asoschisi bo'lib
falsafa tarixiga kirgan. U o'rta asr sxolastik falsafasiga va din ta'limotiga qarshi
faol kurash olib bordi. Haqiqiy falsafa, Bekon fikricha, amaliyot bilan mustahkam
aloqada bo'lish, kishilar mehnati bilan chambarchas bog'liq bo'lishi lozim.
Bekon o'zining «Yangi organon»izik materialist bo'lgan Bekon bilish
jarayonida hissiy bilish bilan aqliy bilishning o'rtasidagi aloqadorlik dialektikasini
to'g'ri ochib bera olmadi.
Bekonning fikricha, moddiy dunyoning asosini materiya tashkil qiladi.
Uning ta'biricha, materiya xilma-xil sifatga ega bo'lib, uning miqdori o'zgarmasdir,
Do'stlaringiz bilan baham: |