123
turadi. Uning bu ta'limoti Ptolomeyning geotsentrik sistemasi bilan aloqaning
uzilishini bildirar edi. Bu nazariya, shuningdek, olamni Xudo yaratganligi haqidagi
diniy afsonaga ham zarba berdi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi materialistik
dunyoqarash umumiy rivojining tabiiy ilmiy zamini bo'ldi.
Nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630 yy.) geliotsentrizm
nazariyasidan kelib chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar
harakatining uch qonunini kashf qiladi. Bu Kopernikning Quyosh sistemasi
tuzilishi manzarasini aniqlashtirishga va butun olamning tortilish qonunini
ochishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda Keplerning kashfiyotlari dunyoga
diniy nuqtai nazardan qarashga putur yetkazadi. Lekin shuni ham esdan
chiqarmaslik kerakki, Keplerning dunyoqarashi diniy idealistik tushunchalardan
ham holi emasdi.
Italyan olimi Jordano Bruno (1548-1600 yy.) ham “Uyg'onish davri”ning
yirik vakillaridan bo'lib, sxolastik falsafaga va Rim katolik cherkoviga qarshi
kurash olib bordi. Bruno Keplerning kashfiyotidan foydalanib, mazkur falsafiy
qoidalarining fizik va astronomik mazmunini aniqlashtirdi. U tuproq, havo, suv,
olov va efirdan iborat Yer bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini
tasdiqlaydi, deb uqtiradi.
Bruno ta'limoticha, moddiy olam birlamchi bo'lib, ong esa ikkilamchidir:
moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas: bordan yo'q,
yo'qdan bor bo'lmaydi: u cheksizdir: moddiy olam cheksiz turlarda ifoda etiladi,
lekin bu cheksiz narsa va hodisalar bir-biri bilan o'zaro aloqada, birlikdadir.
Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, quyoshlar, yerlar mavjud,
dunyo — bepoyon, moddiy olam uning kichik bir qismidir, yer esa bepoyon
olamning zarrachasidir.
Brunoning ta'limoti, uning xatti-harakatlari cherkov tomonidan qattiq tanqid
ostiga olinib, cherkov sudining hukmi bilan u 1600 yil 17 fevralda Rimdagi Gullar
maydonida gulxanda yondirilgan.
Italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642 yy.) ham «Uyg'onish davri»ning,
Do'stlaringiz bilan baham: |