Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

117
 
jarayoni in'ikos jarayoni ekanligi haqida fikrni asoslaydi. Uningcha, kishilarning 
besh turli sezgilari va tushunchalar narsalarning obrazidir.
 
Demokrit qadimgi Yunonistonning qomusiy olimi edi. U fanning turli 
sohalari: falsafa, fizika, matematika, biologiya, tibbiyot, pedagogika, ruhshunoslik, 
filologiya, etika, san'at, siyosat, mantiq, ijtimoiy hayot masalalariga doir fikrlarni 
bayon etgan edi. Demokritning merosida insonni har tomonlama kamol toptirish, 
unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg'ulari, odob-axloq e'tiqod, vijdon va 
boshqa olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaho fikrlar 
mavjuddir. Ular hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
 
Qadimgi yunon faylasuflarining bir qismi diniy ta'limotga zid bo'lgan 
fikrlarni ilgari surgan bo'lsalar, ikkinchisi esa uni qo'llab-quvvatlagan. 
Quldorchilik jamiyati davri vakili Aflotun (mil.avv.427-347 yy.) edi. U o'z asarida 
yunon faylasuflarining, ayniqsa Geraklit va Demokrit fikrlarini qattiq tanqid qiladi.
 
Aflotun olamda «g'oyalar dunyosi» birlamchi bo'lib, moddiy dunyo esa ikkilamchi, 
«g'oya dunyosi»ning mahsuli, soyasidir, deb hisoblaydi. Uningcha, «g'oyalar 
dunyosi» fazo va vaqtga bog'liq bo'lmaydi, u abadiy, harakatsiz va o'zgarmasdir, u 
«haqiqiy dunyo»dir.
 
Aflotunning bilish nazariyasiga ko'ra, bilish ob'ekti «g'oyalar dunyosi»dir, 
moddiy dunyo va undagi narsa va hodisalar hissiy bilishning manbaidir. Hissiy 
bilish haqiqat emas, chunki u orqali kishilar g'oyani emas, balki moddiy 
buyumlarni sezadilar, ular to'g'risidagi tasavvurga ega bo'ladilar. Moddiy 
buyumlarning asosi va mohiyati bo'lgan «g'oyalar dunyosi»ni faqat sof tafakkur 
yordamida bilish mumkin.
 
Aflotun Yunonistondagi quldorlar aristokratiyasi davlatini eng adolatli va 
ideal deb hisobladi. U jamiyatni uch tabaqaga bo'ladi. 1. Davlat arboblari — 
faylasuflar; 2. Soqchilar (harbiylar); 3. Dehqonlar va hunarmandlar. Uningcha, 
davlat faylasuf - aristokratlar qo'lida bo'lishi lozim, harbiylar esa aristokratiya 
davlatini mustahkamlash uchun xizmat qilishlari kerak, davlat zo'rlik va zulm 
majmuidan iborat bo'lib, quldor uchun zarur sharoitni yaratishdan iborat.

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling