Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

114
 
jarayon, deb e'tirof etishidadir. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni u logos 
deb tasvirlaydi. Geraklitning logos haqidagi fikri Xitoy falsafasidagi Dao 
g'oyasining yangicha tavsifi desak haqiqatga xilof bo'lmaydi.
Geraklit falsafasining yana bir muhim tomoni voqelikdagi narsa va 
hodisalarga dialektika nuqtai nazaridan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va 
hodisalar doimiy o'zgarishda, o'zaro aloqadorlikda, bog'liqlikda, bir-biriga o'tib 
turadi. Olamda o'zgarmaydigan, doimiy bo'lgan biron-bir narsani topish mumkin 
emas. “Oqib turgan daryoning suvi doim yangilanib turadi, shuning uchun bir 
daryoning suvi o'ziga ikki marotaba tushishi mumkin emas”. 
Narsa va hodisalarning doimiy o'zgarib, rivojlanib turishining manbai 
qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o'zaro kurashidadir. Geraklitning 
fikricha, qarama-qarshiliklar o'zaro o'rin almashib turadi, hamma narsa mavjuddir 
va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa 
doimo o'zgarib turadi, hamma narsa doimo paydo bo'lish va yo'qolish 
jarayonidadir. Sovuqlik isiydi, issiqlik soviydi, namlik quriydi, quruqlik namlanadi 
va h.k. Shuning uchun har bir mavjud narsaga ma'lum tomondan yondashish zarur. 
Dengizning suvi toza ham, iflos ham, baliqlarga u toza va foydali, odamlarga esa u 
iflos va zararli. 
Geraklit ong (jon, ruh) bilan materiya (tana) bir-biri bilan chambarchas 
bog'langan deb hisoblab, uni olovning ko'rinishidan biri degan edi. Anglash tufayli 
inson dunyoni bilishga qodir. Bilish hissiy organlardan boshlanib tafakkur bilan 
yakunlanadi. Hissiy organlarning yordamida biz narsa va hodisalarni bir-biridan 
ajratib turadigan tomonlarini bilamiz, ularning mohiyati va taraqqiyot 
qonuniyatlarini bilishga tafakkur orqali erishamiz. 
Milet va Efes mutafakkirlarining mazkur fikrlari falsafaning keyingi 
rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Samos orolining vakili Pifagorning 
(mil.avv. 580-500 yy.) fikricha, butun olam raqamlarning uyg'unligidan va o'zaro 
munosabatlaridan iborat. U raqamlarga jon bag'ishlab, turli xossalar, adolat, aql, 
idrok, muvaffaqiyat va hokazolar raqamlarga tegishli deb hisoblangan. Sonlar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling