Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
95
xalqining buyuk aql-idroki va tafakkuriga ixlos bilan qaragan, mustamlakachilik kishanlarini yo’q qiladigan, Vatan mustaqilligini ta’minlab milliy istiqlol va istiqbol yo’lini ochadigan hal qiluvchi kuch xalq ommasi ekanligiga butun vujudi ila ishonch bilan qaragan ajoyib insondir. Uning buyuk xalqparvar adib, yetuk faylasuf-olimligi, eng avvalo, «Xalq» deb atalgan faylasufona she’rida yaqqol ko’rinadi. Cho’lpon xalqqa buyuk e’tiqod bilan sig’inadi, xalqqa astoydil ishonadi. «Xalq dengizdir, xalq olovdir, xalq kuchdir», deb ta’riflaydi. Agar xalq qo’zg’alsa, g’alaba oyoqqa tursa uni to’xtatib qoladigan, xalq istagini yo’q etadigan quvvat dunyoda topilmaydi, deb ko’rsatadi. Erkinlik, hurriyat har bir insonning, ayniqsa, o’z erkidan mahrum etilgan, bo’yniga mustamlakachilik kishanlari kiydirilgan xalq uchun buyuk orzu- armondir. Cho’lpon she’riyatida odamlarning qo’l va oyoqlaridagi, yurak va tillaridagi kishan zanjirlarini parchalab tashlash, hur yashash, mustaqillikda hayot kechirish haqidagi falsafiy g’oyalar yetakchi o’rin tutadi. Abdulhamid Cho’lpon tomonidan qayta-qayta ta’kidlanganidek, erkin bo’lib yashash inson uchun hamma narsadan aziz va mo’tabardir, lekin inson erkinlikka osonlik bilan erisha olmaydi, erkinlik qurbonsiz, katta va qonli kurashlarsiz bo’lmasligini ham o’z asarlarida bayon etadi. Turkiston xalqlarining sevimli adibi, faylasufi, ozodlik va istiqlol kuychisi hisoblangan Abdulhamid Cho’lpon nazmiy va nasriy merosida jahon fotixlari changalida ezilib yotgan Sharq o’lkalari mavzusi yetakchi o’rin tutadi. Cho’lpon Sharq va sharqliklar taqdirida o’zini va o’zligini ko’radi. «Sharq nuri» she’rida dunyo tarixini yozgan muarrixlar yo’qsul Sharq tarixini aqalli bir bet bo’lsada yozmadilar, uni nazar-pisand qilmadilar deb qattiq o’ksinadi. Sharq haqida gap ketganda faqatgina «yo’qlik, ko’lim, zulm, qarg’ish eslanadi», deb afsuslanadi. Ta’kidlanganidek, bir zamonlar yer yuzida ulug’ madaniyat va ma’naviyatni yaratgan ul go’zal Sharq keyinchalik chet ellik bosqinchilar iskanjasiga tushib qoladi. Alloma adib faxr-iftixor bilan «kun ham Sharqdan, Oy ham Sharqdan chiqadir» deb yozadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling