89
Xalqimizning tub manfaatlarini, ozodlik, mustaqillikka bo’lgan intilishlari,
orzu-niyatlarini o’zida aks ettirgan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur -
ma’rifatparvarlik Turkistonda XIX asrning oxirlaridan boshlab paydo bo’la
boshladi. Ularning yirik namoyondalari Ahmad Donish (1827-1897 yy.), Furqat
(1858-1909 yy.), Zavqiy (1853-1921 yy.), Avaz O’tar (1884-1914 yy.) hisoblanadi.
Tariximizda ma’rifatparvarlar deb ataladigan ahli donishlarning barchasiga
xos bo’lgan umumiy tomonlar mavjud. Mamlakatni mustamlakachilik qulligidan
abadiy qutilib, ozod, hur, mustaqil bo’lishini ko’rish — xalqimiz asl farzandlari,
adiblari, ilm-fan, madaniyat arboblarining hammasiga xos bo’lgan umumiy
tomonlaridan bo’lib hisoblanadi.
O’zining butun hayoti va borlig’i, aql-idroki va tafakkuri qudratini xalqi va
Vatani istiqboli yo’liga tikkan olimu fuzalolarning diqqat markazida turgan,
ularning hammasiga bir xilda daxldor bo’lgan umumiy tomon va asosiy
maqsadlardan yana biri — xalqni ilmli, madaniyatli qilish, milliy ong va g’ururini
o’stirish asosida el-yurtni yakdil, yaktan qilib birlashtirish, odamlar ko’zini g’aflat
uyqusidan ochish yo’li bilan Vatanimiz mustaqilligi, millatimiz erkinligi va
ozodligini ta’minlashdan iborat edi.
Chor amaldorlari ming bir makr-xiyla ishlatib, zo’rlik-zo’ravonlik qilib,
odamlarni aldab, qo’rqitib, masjidu — madrasalarni berkitib, milliy madaniy-
ma’naviy boyliklarimizni talab xalqni jaholat sari sudrab, ilm-ma’rifat yo’liga
to’g’anoq bo’lib turgan bir paytda xalqimizning ma’rifatparvar fidoiy farzandlari
bunga qarshi xalqni bilimli, ongli bo’lishiga, jaholatdan yiroq turishga da’vat
etdilar. Ma’rifatparvarlarni o’z davrining jasur, xalqparvar, millatparvar,
vatanparvarlari deb atash mumkin.
Elim, yurtim deb yashashni o’zlari uchun yuksak maqsad deb
bilmaganlarida,
boshlaridan
kechgan
azob-uqubatlarga,
tazyiqlarga,
kamsitishlarga, quvg’inlaru darbadarliklarga, o’z Vatanlarida begonalardek bo’lib
yashashlariga chiday olmagan bo’lar edilar. Xalqqa, Vatanga qo’lidan kelgancha,
ozmi-ko’pmi xizmat qilishni o’zlari uchun shon-sharaf, buyuk maqsad deb
Do'stlaringiz bilan baham: |