86
tariqat, ma’rifat, haqiqat kabi u dunyoda saodat ta’minlashning shartlaridan biri
deb biladi.
Yassaviyning fikricha, insonning xudo vasliga yetishi, unda
bosqinchilarni birma-bir bosib o’tishi, dunyodan, o’zligidan voz kechishi,
o’zini xilvatga tortib, ham fikrini, ham zikrini xudoga berishi kerak. Agar
odam jonini qiyin bo’lsada, ibodat qilish, nafsini o’ldirib qanoat qilishga
odatlansa, ho’rlash va malomatlarga bardosh bersa, o’shanda xudoning
diydoriga yetadi, deydi.
Abdulholiq G’ijduvoniy Yassaviya tariqatining ko’zga ko’ringan
vakillaridan biridir. U ustodi Xoja Yusuf Hamadoniy va birgalikda ta’lim olgan
zamondoshi shayx Ahmad Yassaviyning ishini davom ettiribgina qolmay, ular
yaratgan tariqatini mustaqil, yangi yuqori bosqichga ham ko’taradi. Buni uning
farzandi uchun maxsus yozilgan «Vasiyatnoma»sida bayon etilgan falsafiy
g’oyalardan ko’rish mumkin. «Vasiyatnoma»ning butun mazmuni, mohiyati
odob-axloq masalalariga qaratilgandir. Tariqat ahdining bosh vazifasini Yassaviy
Ollohga yaqinlashish uchun jamiyatdan uzoqlashishni, uning tashvishlaridan yuz
o’girish, uzlatga ketish, tarki dunyo etish deb tayinlagan bo’lsa, Abdulholiq
G’ijduvoniy «Vasiyatnoma»sida jamoatga mulozim bo’lish, jamiyatga xizmat
etishni muqaddas vazifa - Ollohga yaqinlashishning muhim yo’li deb hisoblaydi.
Shu bilan birga u odamlarni hadeb o’ldiravermasdan, Ollohga toat-ibodatni
haddan tashqari oshirib yubora bermasdan mehnat qilish va halol yashashga
da’vat etadi. Halol yegil va shubhadan parhez etgil, ya’ni halolligi shubhali
ovqatdan qo’l tortgil, deydi. Bu dunyoda odamlar hayotida faol ishtirok etish,
ularni himoya qilish, Abdulholiq G’ijduvoniy tomonidan ta’kidlanganidek, —
Ollohga yaqinlashishning asosiy yo’lidir.
Tasavvuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri xorazmlik Najmiddin
Kubrodir (1145-1221 yy.). U «Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jamolining
muattarlari va kamolotining egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qonun va
qoidalar») nomli asar va risolalar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |