Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
74
falsafiy dunyoqarashi rivojida manba bo’lib xizmat qildi. Ulug’bekning bilimi va tafakkuri zamondoshlaridan bir necha bor o’zib ketgan edi. Ulug’bek boshqa ko’pgina hokimlardan farqli o’laroq, ham davlat arbobi, ham asl olim sifatida faoliyat ko’rsatdi, olimlikni arboblik, arboblikni olimlik bilan qo’shib olib bordi, ilmu amal yo’lini o’z faoliyatida birlashtirdi. Davlat arbobi sifatida qurilish ishlarini haddan tashqari rivojlantirdi, poytaxtni me’morchilik san’ati bilan bezadi, ulkan binolar bilan obod qildi, o’zigacha boshlangan qurilishlarni nihoyasiga yetkazdi. Ulug’bek zamonida Samarqandda «Shoxizinda», “Guri Amir» maqbarasi singari yirik me’moriy ansambllari, Registonda katta xonaqo, bir qancha shifoxona, hammom va kutubxonalar qurildi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi, savdo rivojlandi. Uning farmoniga binoan 1420 yilda Buxoro va Samarkandda, 1432-1438 yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi. Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida adabiyot, san’at, tarix, falsafa, tibbiyot, she’riyat bilan bir qatorda matematika, astronomiya singari aniq fanlar ham tez rivojlandi. O’zi allomai jahon hisoblangan Mirzo Ulug’bek fan va madaniyat taraqqiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga o’z zamonasining eng buyuk olimlarini to’plab, ular bilan yaqin ilmiy muloqotda bo’lib, ilmiy yo’nalish va yo’l-yo’riqlar berib turdi. Ulug’bek davrida «Zubdat tavorix» («Salnomalar qaymog’i») nomli ajoyib asar yozgan tarixchi Lutfulla Hofizi Abru (1431 yilda vafot etgan), «At-tarifati Jurjoniy» nomli falsafiy risola muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy (vafoti 1413 yil), mashhur tibbiyot olimi Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Bastoyi Samarqandiy (1412 yilda vafot etgan), Xayoliy Buxoriy (1449 yilda vafot etgan), 1409-1410 yillarda yozilgan «Yusuf va Zulayxo» dostoni muallifi Badaxshiy Durbek, qasida janrida ijod qilgan Sakkokiy (1465 yoki 1468 yilda vafot etgan) va boshqa ko’plab taniqli olim va san’atkorlar yashab ijod etishgan. Matematika va astronomiya ilmida g’oyat bilimli bo’lgan, «Aflotuni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling